Xoja Kalon xazirasi (Chor Bakr majmuasi)

Umid1108 · CC BY-SA 4.0

Faqscl · CC BY-SA 3.0

Xoja Saʼd xazirasi (Kalonxoja) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVI asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Xoja Saʼd xazirasi Moh Sultonxonim xazirasining sharq tomondagi devori bilan yonma-yon joylashgan boʻlib, XVI asrda shayboniylar davrida bunyod etilgan. Xaziraga peshtoq eshigidan kiriladi va uzun yoʻlakdan soʻng chap tomonga burilish yoʻlakchasi bor. Xazira devor bilan oʻralgan va peshtoqidan oʻtib pillapoyalar orqali hazirga chiqiladi. Xaziraga kelgan ziyoratchilar chillaxonayi torik, qiroatxona, qorixonaga oʻtirib tilovat qilganlar. Xoja Saʼd xazirasi tagxonaga yaʼni dahma ichkarisiga qoʻyilgan. Dahma ustiga chillaxona, qiroatxona, oldi ayvonli qorixona ham bunyod etilgan. Xoja Saʼd Nosiriddin qabri ustiga marmartosh boʻlgan ammo hozirgi kunda u saqlanib qolmagan. Hozirgi kunda 3 ta xazira ustiga martosh saqlanib qolgan. Birinchi qabrtoshda marmar yuzida „Al-kursi“ oyati bitilgan va atrofida Ollohning 99 ta sifati oʻyib yozilgan. Qabrtosh Qudratulla Xoja ibn Abdi Xoja. Mazkur qabrtosh Bibijon xonim va Abduhojining 14 yoshga yetmay vafot etgan oʻgʻliga tegishli boʻlib, bobosi Xoja Saʼd xazirasiga dafn qilingan. Ikkinchi qabrtoshda shaxsning ismi uchramaydi, faqatgina vafot etgan oyi „Tarixi shahri al-muborak“ keltirilgan. Xazira uchun Joʻyboriy xojalari tomonidan yerlar vaqf qilingan. Xoja Saʼd xazirasi vaqf mablagʻlari hisobiga xazira taʼmirlangan. Xazira Oʻrta Osiyo uslublarida bunyod etilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
tomb
Tarkibiy qismi
Chor Bakr meʼmoriy majmuasi
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.775038, 64.334177Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Xoja Saʼd xazirasi (uz.wikipedia.org), 24-iyul, 2023 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.