Qiz qal'asi (Mersin)
Qiz qal'asi - Mersinning Erdemli tumanida joylashgan tarixiy qal'adir. Oʻrta yer dengizi qirgʻogʻidan 300 m uzoqlikdagi orolda joylashgan qal'a orolning katta qismini (15 000 m²) egallaydi.
Tarixi
Mersin markazigacha masofa 80 km ga yaqin, Turistik shaharcha oʻz nomini Qizkalesi deb atagan boʻlsa-da, qadimgi davrlarda qaroqchilar tomonidan foydalanilgan orol, birinchi salib yurishidan keyingi davrda Aleksios I davrida qurilgan.
Tuzilishi
Soʻnggi yillarda qayta tiklangan Qizkalesi sakkizta minorasi saqlanib qolgan. Qal'aning tashqi perimetri 192 metrni tashkil qiladi.
Afsona
Korikos shohi har doim farzand tilab duo qilgan. Oxir-oqibat uning orzusi ijobat boʻlib, qizli boʻlgan. Podshohning qizi ulgʻaygan sari goʻzal boʻlib boraveradi. Uning shon-shuhratini eshitgan podshohlar va shahzodalar unga uylanmoqchi boʻlishadi.
Kunlarning birida Qorikos shahridagi shoh saroyga bir bashoratchini taklif qilishadi. Podshohning qizini koʻrgan bashoratchi choʻchib ketadi. Podshoh boʻlgan voqeani aytib berishga majburlaganida, u: “Qizingni ilon chaqib, oʻladi. Bu qismatni hech kim sindira olmaydi va siz ham oldini ololmaysiz”.
Shundan soʻng, podshoh Korikos qal'asi qarshisidagi qirgʻoqqa yaqin joylashgan kichik orolda qasr qurdiradi. Xizmatkorlar bilan birga qizini shu qasrda saqlagan. Bir kuni qiz saroydan joʻnatilgan uzum toʻla savat ichidan ilon chiqib, uni tishlaydi va qiz biroz vaqt oʻtmay vafot etadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- archaeological site, fortress
- Qurilgan
- 1104-yil
- Me’moriy uslub
- Byzantine architecture
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qiz qal'asi (Mersin) (uz.wikipedia.org), 13-sentabr, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





