Kütahya arxeologiya muzeyi
Kütahya arxeologiya muzeyi — Turkiyaning Kütahya shahridagi muzey.
Muzey Germinyaniylar hukmdori Umur tomonidan 1314-yilda foydalanishga topshirilgan tarixiy madrasa (Islom maktabi) binosi boʻlgan Vacidiye madrasasi binosida joylashgan. U Kütahya Ulu masjidi („Katta masjid“) yonida barpo etilgan. 1965-yilda inshoot muzey sifatida faoliyat yurita boshlagan. Qayta tiklash davridan keyin 1999-yil 5-martda qayta ochilgan.
Qurilish materiallari kesma tosh boʻlib, peshtoqi saljuqiylar uslubida bunyod etilgan. Madrasada toʻqqizta xona bor. Eksponatlar paleolit, eneolit, bronza, xet, frig, ellin, rim, vizantiya, saljuqiylar va usmonlilar davrlariga tegishli. Eng qadimiy buyumlar boʻyalgan sopol idishlaridir.
Muzeydagi qiziqarli narsalardan biri Amazonkalar sarkofagidir, bu noyob namuna hisoblanadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- archaeological museum, Madrasa
- Qurilgan
- 1965-yil
- Joylashgan hudud
- Aegean mintaqasi
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Kütahya arxeologiya muzeyi (uz.wikipedia.org), 19-avgust, 2024 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


