Qızılağac qoʻriqxonasi
Xato: blok «Qoʻshimcha» andoza Geokarda yoʻq.
Qızılağac davlat qoʻriqxonasi (ozarbayjoncha: Qızılağac dövlət təbiət qoruğu) – Ozarbayjon janubi, Kaspiy dengizi sohilida joylashgan davlat qoʻriqxonasi. Lənkəran tumanidagi Qızılağac qoʻltigʻi qirgʻoq hududlarida joylashgan. Qoʻltiq akvatoriyasi, Kichik Qızılağac qoʻltigʻining shimoliy qismi va qirgʻoq suvlari qoʻriqxona tarkibidadir. Qoʻriqxona 1929-yilda tashkil etilgan. Umumiy maydoni 88 360 gektar boʻlib, shundan 45 ming gektarini qoʻltiq akvatoriyasi tashkil etadi. Relyefi tekislikdan iborat boʻlib, hududi shoʻrlangan tuproqli chalachoʻl zona.
Qoʻriqxonaning ahamiyatga molik jihati koʻchib yuruvchi qushlarning koʻpligidadir. Qishda bu yerda ham daryo oʻrdaklari, ham shoʻngʻiydigan oʻrdaklar, gʻozlar, oqqushlar, birqozonlar, qashqaldoqlar, sultonqushlar, turach, flamingolar uyalaydi. Qushlardan qarqaralar, qoravoy, qoshiqburun, charadrii, hayvonlardan toʻngʻiz va boʻrilar uchraydi. Suv havzalarida koʻplab baliq turlari mavjud. Qirgʻoq boʻyi hududi va suv havzasi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlari roʻyxatiga kiritilgan. Ozarbayjon „Qizil kitobi“ga kiritilgan qushlarning aksariyati qoʻriqxona va unga tutash hududlarda yashaydi.
Qızılağac qoʻriqxonasi Ozarbayjonda tashkil etilgan eng yirik, tashkil etilgan vaqtiga koʻra esa uchinchi qoʻriqxona hisoblanadi. Yevropadagi suv qushlarining eng katta qishlov zonasi. Koʻrfazning oʻrta va janubiy qismlarini oʻz ichiga olgan, 1978-yil fevral oyida tashkil etilgan „Qizil yarim oy“ davlat qoʻriqxonasi ham ushbu qoʻriqxona tarkibidadir (hududi – 10 700 ga).
Etimologiyasi
Qoʻriqxona nomi Qızılağac koʻrfazi nomidan olingan. Suv havzasi va qirgʻoq hududida joylashgan. Koʻrfaz nomi esa, unga quyiladigan Qızılağacçay daryosi – „qandogʻoch daryosi“ (ozarbayjoncha Qızılağac – „qandogʻoch“, çay – „daryo“) nomidan olingan.
Soʻzma-soʻz tarjima qilganda „qizil daraxt“ degan maʼnoni anglatuvchi „Qızılağac“ nomi sayoz koʻrfazda yashovchi pushti flamingo tufayli paydo boʻlgan degan fikr mavjud.
Kaspiy sohilidagi Qızılağac qoʻriqxonasini, bu yerdagi pushti qushlar – flamingolarini eslaylik. Ushbu qushlar tufayli qoʻriqxonaga Qızılağac – „atirgul daraxtlari“ deb nom berishgan.
Qoʻriqxona tarixi
Qızılağac koʻrfazi birinchi marta 1720-yilda xaritaga tushirilgan. 1926-yilda Katta va Kichik Qızılağac koʻrfazlarining bir qismi, shuningdek, bu hududlarga tutash quruqlik uchastkalari buyurtmaxona deb eʼlon qilingan.
1929-yil 3-iyunda SSSR Xalq Komissarlari Kengashining 57-sonli qarori bilan Butunittifoq ovlanadigan qushlar qoʻriqxonasi oʻlaroq tashkil etiladi. Hozirgi kunda qoʻriqxona hududida uchraydigan 19 turdagi qushlar „SSSR Qizil kitobi“ga kiritilgan. Kaspiy dengizining janubi-gʻarbiy qismida tabiat kompleksini oʻrganish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish, qulay sharoit yaratish va SSSRdagi eng yirik qishlovchi suv qushlarini muhofaza qilish maqsadida qoʻriqxona tashkil etilgan. Qızılağac qoʻriqxonasi SSSRdagi asosiy suv qushlari rezervatlaridan biri boʻlgan.
1935-yilda Qızılağac koʻrfazi Sovet partiya arbobi Sergey Kirov nomi bilan Kirov koʻrfazi deb oʻzgartirilgan, Shu sababli qoʻriqxona ham S. M. Kirov nomi bilan atala boshlangan. Kichik va Katta Qızılağac koʻrfazlarining suvlari oʻsha paytda yagona havzaad boʻlgan.
1929—1939-yillarda Kaspiy dengizi sathining pasayganligi sababli qoʻriqxona maydoni qisqaradi, yerlarning bir qismi sovxozlarga berilib, haydab yuborilgan. 1936—1937-yillarda qoʻriqxonaning maydoni 180 ming gektarni tashkil etgan. 1951-yilda qoʻriqxona maydoni ikki baravar qisqartirilgan. 1956-yilda qoʻriqxonaning maydoni 93 ming gektarga yaqin boʻlgan. 1961-yilda qoʻriqxonadan yana 4600 gektar yer ajratib olingan. Hozirda uning maydoni 88 360 gektar.
1975-yilda qoʻriqxona, asosan, suvda suzuvchi va suv boʻyi qushlarining yashash hududi sifatida xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan hududlar qatoriga kiritilgan. 1976-yilda Qızılağac qoʻriqxonasi Ramsar konvensiyasining „Suv qushlari yashash hududlari sifatida xalqaro ahamiyatga ega botqoqliklar“ roʻyxatiga kiritilgan va jahon ahamiyatiga ega qoʻriqxona maqomini olgan.
1991-yilda SSSR parchalanishi munosabati bilan qoʻriqxona Qızılağac qoʻriqxonasi deb atala boshlandi. 2001-yilga kelib qoʻriqxona va uning atrofidagi suv-botqoq yerlar maydoni 99 060 gektarni tashkil etgan. Yaqin kelajakda mintaqaga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining koʻpayishi munosabati bilan Ozarbayjonda birinchi dengizboʻyi milliy bogʻini yaratish maqsadida qoʻriqxona, buyurtmaxona va unga yaqin hududlar hududini 100 ming gektargacha kengaytirish rejalashtirilgan.
Tabiiy-geografik xususiyatlari
Qızılağac davlat qoʻriqxonasi hududiy tarkibiga Sara yarim orolining bir qismi, Kichik va Katta Qızılağac qoʻltiqlari suvlari, unga yondosh boʻlgan Lənkəran pasttekisligidagi Salyan choʻlining dengizboʻyi qismi qirgʻoq polosasi va Kura yoyilmasining bir qismi kiradi. Qoʻriqxonaning butun hududi okean sathidan pastda joylashgan boʻlib, asta-sekin koʻrfaz qirgʻogʻiga tomon pasayib boruvchi bir oz koʻtarilgan tekislikdan iborat. Qoʻriqxona tuman markazi – Lənkəran shahridan 35 km uzoqlikda joylashgan. Umumiy maydoni 88 360 gektar. 40,5 ming gektarni Katta koʻrfaz va 5,2 ming gektarni Kichik koʻrfaz egallaydi.
Katta Qızılağac qoʻltigʻi sharqda dengizdan uzun Kura qum tili bilan ajralib turadi va faqat janubda ochiq dengiz bilan tutashadi, Kaspiy dengizining gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan. Shimol va gʻarbda suvlari Salyan choʻli va Lənkəran pasttekisligi qirgʻoqlarini yuvib turadi. Katta qoʻltiqning eng chuqur joyi 2,5 m. Pliotsendan keyingi davrda koʻrfaz butun Kura-Araks pasttekisligini Mingeshauragacha boʻlgan hududlarini egallab turgan. Qirgʻoq chizigʻi aniq chegaralanmagan va Kaspiy dengizi sathining oʻzgarishiga qarab u yoki bu tomonga surilib turadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- protected area, Qoʻriqxona
- Qurilgan
- 1929-yil 3-iyun
- Maydoni
- 88 400 gektar
- Meros maqomi
- Ramsar site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qızılağac qoʻriqxonasi (uz.wikipedia.org), 30-iyun, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.