Laal posho masjidi

Nedim Ardoğa (talk) · CC BY-SA 3.0

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 3.0

unknown author · CC BY-SA 2.5

Laal posho masjidi (turkcha: Laal Paşa Camii; shuningdek, Lael posho yoki Lala ogʻa deb ham qoʻllaniladi – Turkiyaning Mersin viloyati, Mut tumanida joylashgan oʻrta asrlarga oid masjid.

Tarixi

Laal posho Onadoʻlidagi Karamanoğulları bekligining yuqori martabali amaldori edi. Yoshligida Alâeddin Ali Beyning xizmatchisi boʻlgan. Alâeddin Ali Bey uni oʻqitib, Karamanoğulları bekligining turli shaharlariga, jumladan, Nigʻde va Mut hududlariga hokim etib tayinlagan. Laal posho masjidi taxminan 1444-yilda karamanlik Ibrohim Beyning buyrugʻi bilan Laal Posho tomonidan qurdirilgan. 1471-yildan keyin Karaman davlatining barcha hududlari Usmoniylar qoʻmondoni Gedik Ahmed posho tomonidan bosib olingan. Urush paytida Karamoniylar tomonidan qurilgan koʻplab binolar vayron qilingan, ammo Laal posho masjidi saqlanib qolgan. Masjid bitiklaridan maʼlum boʻlishicha, oʻtgan davrda binoda ikki marta katta hajmdagi taʼmirlash ishlari olib borilgan. Butunlay vayronaga aylangan masjid minorasi bundan 50 yil avval qayta tiklangan.

Meʼmorchiligi

Masjid shahar markazida, qadimiy qasr va karvonsaroy orasida joylashgan. Ushbu ikkala inshoot ham masjid bilan tengdosh binolar hisoblanadi. Masjidning rejasi kvadrat shaklda boʻlib, bu narsa keyinchalik Usmoniylar meʼmorchiligining mashhur uslubiga aylangan. Masjidning ustki qismi yirik gumbaz bilan qoplangan boʻlib, tekis yuzali toshlardan qurilgan. Masjid hovlisida ikkita kichik konussimon maqbara joylashgan, ulardan biri asl maqbara masjid qurilgan vaqtda bunyod etilgan, ikkinchisi esa Usmoniylar tomonidan keyinchalik qurilgan. XVII asr turk sayyohi Avliyo Chalabiyning yozishicha, birinchi maqbarada Laal poshoning qabr joylashgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1444-yil
Joylashgan hudud
O'rta Yer dengizi mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 36.644444, 33.436111Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Laal posho masjidi (uz.wikipedia.org), 14-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.