Lari masjidi

İmmortalance · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Lari masjidi (turkcha: Lari Camii) – Turkiyaning Adirna viloyati markazida XVI asr boshlarida sulton Mehmed II Fotih va Boyazid II hukmronligi davrida saroyda bosh tabib boʻlib xizmat qilgan Hakim Abdulhamid Lari Chalabiy tomonidan qurilgan masjid. Xalq orasida Laleli masjidi nomi bilan mashhur.

Tarixi

Lari masjidining qurilishi sulton Mehmed II Fotih (1432–1481) va Boyazid II (1448–1512) davrida saroy bosh tabibi boʻlgan Abdulhamid Lari Chalabiy tomonidan boshlangan. Keyinchalik Abdulhamid Lari Chalabiy vafot etgani sababli masjid qurilishi Boyazid II vaqfiga vasiylik qiluvchi Hamit bey tomonidan yakuniga yetkazilgan. Sharqdan gʻarbga tomon nishab yerda qurilgan ushbu masjid Adirnadagi bir gumbazli va bir minorali masjidlar orasida eng kattasi hisoblanadi. Masjidning uch tomonini oʻrab turgan ayvonlar 11 ta gumbaz bilan qoplangan. Kirish eshigi tepasida 3 baytdan iborat arabcha yozuv mavjud.

1752-yilda Adirnada sodir boʻlgan kuchli zilzila oqibatida masjidning asosiy gumbazi qulab tushgan, shuningdek, qolgan gumbazlarining aksariyati shikastlangan. Ahmet ogʻa tomonidan qilingan xayriya evaziga masjidda yogʻoch gumbaz qurilgan. 1930-yillardan keyin uzoq vaqt xaroba ahvolda boʻlgan masjid 1948–1950-yillarda Adirna oʻrta maktabida adabiyot oʻqituvchisi boʻlgan Orif Nihat Asyaning „Lara masjidi“ sheʼrida Lari masjidi tasviri keltirilgan. 1970-yillarda taʼmirlangan ushbu masjidda keyinchalik 1983 va 2006-yillarda ham ikkita yirik restavratsiya ishlari amalga oshirilib, hozirgi koʻrinishga keltirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.673679, 26.554287Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Lari masjidi (uz.wikipedia.org), 25-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.