Kurtuluş masjidi
Kurtuluş masjidi (turkcha: Kurtuluş Camii), ilgari Avliyo Maryam sobori yoki Muqaddas Xudoning Onasi cherkovi nomlari bilan atalgan, Turkiyaning Gaziantep shahri, Şahinbey munitsipalitetidagi Tepebaşı tumanida joylashgan masjid. Dastlab arman apostol cherkovi sifatida qurilgan, arman genotsididan keyin otxonaga, keyinroq qamoqxonaga aylantirilgan. Cherkov loyihasi sulton Abdulhamid II ga xizmat koʻrsatgan usmoniy-arman meʼmori Sarkis Balyan tomonidan ishlab chiqilgan. Bino 1892–1893-yillarda toshtarosh usta Sarkis Taşchiyan tomonidan qurilgan.
Tarixi
1915-yilda Gaziantep armanlarining deyarli barchasi genotsid paytida Suriya choʻliga surgun qilingan. Cherkov 1915-yil 22-avgustda muhrlab yopib qoʻyilgan. Uning jihozlari katta otxonaga koʻchirilgan, keyinchalik kim oshdi savdosida sotilgan. Uch yildan ortiq vaqt davomida sobor hukumat tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Keyinchalik, 1920-yillarning boshlarida qamoqxonaga aylantirilib, 1970-yillargacha qamoqxona sifatida foydalanilgan.
Bino 1986-yilda masjidga aylantirilgan. Qoʻngʻiroq minorasining yuqori yarmi buzilib, qolgan qismi bitta balkonli minoraga aylantirilgan.
Taʼmirlash ishlaridan soʻng masjid 2017-yil 17-iyun kuni qayta ochilgan.
2023-yilda Turkiya—Suriya zilzilasi paytida masjidning gumbazi va minoralari qulab tushgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- cherkov, Turma, Masjid
- Qurilgan
- 1892-yil
- Me’mor
- Sarkis Balyan
- Joylashgan hudud
- Southeastern Anatolia Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Kurtuluş masjidi (uz.wikipedia.org), 15-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





