Magʻoki koʻrpa masjidi

Bok · CC BY-SA 4.0

Davide Mauro · CC BY-SA 4.0

Узкомстарис · Public domain

Magʻoki Koʻrpa masjidi — 1636—1637-yillari Buxoro shahrining tarixiy markazida qurilgan, Toqi Telpakfurushon yonida, Mehtar Anbar koʻchasida joylashgan, Buxorodagi ikkita „yerosti“ (magʻoki) masjidlardan biri.

Tarixi

Magʻoki Koʻrpa masjidi 1636—1637-yillar oraligʻida qurilgan, ikki qavatli boʻlgan. Birinchi qavati chuqurlikda (magʻoki) joylashgan, balandligi 6 metr. Ushbu qavat qishda havosi moʻtadil boʻlgani sababli namoz ibodatini bajaradigan joy hisoblangan. Hozirda bu qavat madaniy qatlam ostidadir. Ikkinchi qavat koʻrpa nomi esa masjid joylashgan mahalla nomidan, yaʼni koʻrpa tikuvchilar yashagan mahalla nomidan kelib chiqqan va bu qavat yozda namoz ibodatini bajaradigan joy boʻlgan. Masjidda ganchkorlik sanʼatining ajoyib namunlari uchraydi. Masjidga qarovsizlik va zilzila tufayli zarar yetgan. Shuningdek, sovet davrida masjid kartoshka saqlanadigan omborga aylantirilgan. 2018-yillari masjida qayta restavratsiya qilingan, bugungi kunda masjid binosida gilam ishlab chiqarish va sotish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Arxitekturasi

Masjid pishgan gʻishtdan qurilgan boʻlib, toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, sharqiy-gʻarbiy oʻq boʻylab choʻzilgan. Masjidning old tomoni sharqqa qaragan. Birinchi qavatdagi gumbazlar toʻrtburchak ustunlarga, ikkinchi qavatda toʻqqizta gumbaz esa toʻrtta sakkiz burchakli koʻndalang ustunlarga tayangan. Bu toʻqqiz gumbazdan uchtasi stalaktit shaklida boʻlib, zalning oʻrtasi va mehrob tepasidagi stalaktitlarga muqaddas bitiklar tushirilgan, qolgan gumbazlar esa qalqonsimon yelkanlar koʻrinishida. Asosiy gumbaz juda baland va tor qilib qurilgan. Masjid dastlab jome masjid sifatida qurilgan, ammo qurilishi yakunlangandan soʻng kichik hajmda boʻlgani sababli mahalliy masjid sifatida foydalanilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, architectural landmark
Qurilgan
1637-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.773611, 64.416667Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Magʻoki Koʻrpa masjidi (uz.wikipedia.org), 8-mart, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.