Mamay masjidi

Sefer azeri · CC0

Rəcəb Həsənbəyov · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Həsənbəyov · CC BY-SA 4.0

Mamay masjidi (ozarbayjoncha: Mamay məscidi) – Ozarbayjonning Shusha shahrida, poytaxt shahar Bokudan taxminan 350 kilometr (220 mi) uzoqlikda joylashgan masjid. Manzili: Shusha shahri Mamay mahallasi Gʻ. Asgarov koʻchasi. Shusha shahrida jami 17 ta mahalla mavjud boʻlib, Mamayi Shusha shahrining yuqoridagi 8 ta mahallasidan toʻrtinchisi hisoblanadi. Mamayi masjidi XIX asr oxiriga kelib Shushada faoliyat koʻrsatgan 17-masjid hisoblanadi. Shusha bosib olinishidan bir necha yil avval Mamayi masjidi, Ashagi Govhar Ogʻa masjidi, Yuxari Govhar ogʻa masjidi va Soatli masjidlari taʼmirlanadi. Cornell universitetining „Kavkaz merosi kuzatuvi“ sunʼiy yoʻldoshi hisobotiga koʻra, Togʻli Qorabogʻ respublikasi davrida masjid 2020-yilgacha oʻzgarmagan va yaxshi saqlanib qolgan. 2020-yilda Shusha ustidan uch kun davom etgan jangdan soʻng Mamayi masjidi Ozarbayjon nazorati ostiga oʻtgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
XIX asr
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Arran architectural school

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.761889, 46.750111Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Mamay masjidi (uz.wikipedia.org), 19-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.