Manastır masjidi
Manastır masjidi (turkcha: Manastır Mescidi; Mustafo Chavush Mescidi) – Usmoniylar tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq sharqiy pravoslav cherkovi. Konstantinopoldagi Vizantiya arxitekturasining kichik namunasi va tarixiy sabablarga koʻra muhim inshoot hisoblanadi.
Joylashuvi
Oʻrta asrga oid ushbu bino Istanbulning Fotih tumani, Topkapı mahallasi, Turgut Özal Millet koʻchasining janubiy tomonida, shahar devorlarining Topkapı darvozasidan taxminan 600 metr janubi-sharqda joylashgan.
Masjidga aylantirilishi
Konstantinopol fathidan koʻp oʻtmay, sulton Mehmed II ning chavushi Mustafo binoni masjidga aylantirgan. 1956–1958-yillarda Turgut Özal koʻchasi ochilishi chogʻida kichik masjid atrofini egallagan binolar buzib tashlangan va shundan keyin masjiddan diniy maqsadlar yoʻlida foydalanilmay qoʻyilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, cherkov
- Me’moriy uslub
- Byzantine architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Manastır masjidi (uz.wikipedia.org), 12-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




