Mulla Ahmad masjidi
Mulla Ahmad masjidi (ozarbayjoncha: Molla Əhməd məscidi) yoki Nosir ad-Din Gashtasib masjidi (ozarbayjoncha: Nəsir ad-Din Gəştasib məscidi) — XIV asrga oid tarixiy masjid. Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahridagi Sobir koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.
Tarixi
Mulla Ahmad masjidi Icheri-sheherdagi mahalla masjidi hisoblanadi. Masjid Nasriddin Gushtasi ibn Hasan Hojibobo buyrugʻiga binoan XIV asr boshlarida meʼmor Mahmud ibn Saʼd tomonidan qurilgan. Shuningdek, ushbu meʼmor tomonidan Bibi-Haybat qishlogʻida Nardaron qalʼasi (1301) va minorali masjid ham bunyod etilgan. Yodgorlikka mahalliy aholi tomonidan masjid oxuni bo‘lgan Ahmad oxun nomi berilgan.
Arxitekturasi
Masjid toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, bitta kichik oʻlchamli zaldan iborat. Janubiy devorida oddiy mehrob, yon tomonlarida tojli past tosh gumbaz oʻrnatilgan. Uning assimetrik jabhasi aniq konturli kirish qismi va undan keyin bir-biriga qoʻshilib ketgan ikkita deraza bilan bezatilgan.
Masjidning yuqori qismida arabcha yozuvlar mavjud. Ikki qatorli yozuvda masjidning qurilgan sanasi, uning buyurtmachisi, shuningdek, harbiy, diniy va yodgorlik binolari va inshootlarini qurishda faol ishtirok etgan meʼmor haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. Yozuvlarda, asosan, Shirvonshohlar davrining taʼsirini kuzatish mumkin.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1300-yil
- Me’mor
- Mahmud ibn Sa'd
- Me’moriy uslub
- Islom arxitekturasi, Shirvan-Absheron architectural school
- Tarkibiy qismi
- Walled City of Baku with the Shirvanshahs' Palace and Maiden Tower
- Meros maqomi
- part of UNESCO World Heritage Site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Mulla Ahmad masjidi (uz.wikipedia.org), 12-oktabr, 2023 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)


.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)