Qoraqalpogʻiston respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi
Qoraqalpogʻiston oʻlkashunoslik muzeyi (hozirgi nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyi) nafaqat Amudaryoning quyi oqimi va Orol dengizi, balki butun Oʻrta Osiyodagi eng qadimiy ilmiy-taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Tarix
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining koʻrgazmasi ilk marotaba 1929-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasining birinchi poytaxti Toʻrtkoʻl shahrida tashkil etildi. Ushbu muzeyni tashkil etishda fidokorona xizmat koʻrsatgan insonlar E.Doʻsnazarov, G.Ubaydullaev, N. V. Torchinskaya, N.Baskakov, Q.Ayimbetovlar boʻladi. Amudaryo suvining toshib ketishi natijasida muzey 1944-yil Nukus shahriga koʻchirilgan. Shu davrlarda muzeyga tashrif buyurgan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidenti, akademik T. N. Qori-Niyozov rahbarligida akademik Oybek (Muso Toshmuxamedov), akademik V.Vohidov kabi Oʻzbekistonning bir guruh olimlar va Rossiya davlatidan tashrif byyurgan olimlar S. P. Tolstov bilan T. A. Jdankolar oʻzlarining muzeydan olgan taʼssurotlarini yozib qoldirgan.
1959-yili Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali tashkil topgandan keyin muzey filial tasarrufiga oʻtkaziladi. 1965-yili muzey shahar markazida joylashgan ikki qavatli binoga koʻchiriladi. Muzey kollektsiyasida zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy sanʼat, tabiat, XX asrga tegishli boʻlgan maʼlumotlar, Qoraqalpogʻistonda Orol buyida ijod qilgan rassomlarning tasviriy sanʼat asarlari saqlanadi. Muzey oʻz ijodiy tarixi davomida qoraqalpoq xalqining boy tarixini va sanʼatini, tabiatini keng ommaga tadbiq etib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 dekabrdagi 975–sonli qaroriga asosan muzeyimiz Qoraqalpoq oʻlkashunoslik muzeyi nomidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi nomiga oʻzgartirildi. Shuningdek ushbu qaror asosida Moʻynoq tumani „Ekologiya“ muzeyi va Ellikqal’a tumani „Arxeologiya“ muzeylari filial sifatida joriy etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali Moʻynoq tumani ekologiya muzeyi 1980-yili tashkil etilgan, dastlab muzey fondida sanoqli eksponatlar boʻlib, bugungi kunga kelib muzey fondi yangi eksponatlar bilan boyitib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevraldagi „Qoraqalpogʻiston Respublikasi Muynoq tumanini 2017-2018-yillarda iqtisodiy rivojlantirish va aholisi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-2803-sonli qarori asosida Muynoq tumani va Orol dengizi atrofida turistlarni keng jalb qilish, shuningdek uning uzoq utmishdagi tarixi, tabiati va undagi hayvonot va oʻsimlik dunyosi, tuman xalqining urf odatlarini muzey ekspozitsiyasi orqali keng ommaga yetkazib berish maqsadida muzeyning yangi binosi qurib bitkazildi. Muzeyning yangi Kontseptsiyasi ishlab chiqilib, ekspozitsion koʻrgazma zali tashkil etilib, joriy yilning 20-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 07/1-426-sonli bayoni asosida „Orol baliqlaridan 99 turli taom“ xalqaro gastronomik festivali doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniti davlat muzeyining filiali Moʻynoq tumanidagi „Ekologiya muzeyi“ ochilish maʼrosimi boʻlib oʻtdi.
Hozir muzey fondida jami 300 ga yaqin eksponat boʻlib, muzeyning koʻrgazma zali orqali tashrif buyurgan tomoshabinlar Orol dengizining oʻtmishi va bugingi xayoti xaqqida, flora va faunasi, Muynoq tumanida baliqchilikning rivojlangani, Baliq konserva zavodi faoliyatiga oid foto lavhalar, rangtasvirchi rassomlar „Orol Kuychisi“ deb tanilgan F.Yu. Madgazin va R.Matevosyan ijodlariga mansub asarlarni koʻrishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi Ellikqal’a tumani filiali 1989 yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi boʻlimi sifatida tashkil etilgan.
Bugungi kunda muzey ekspozitsiya zalidan Tuproqqal’a, Ayozqal’a, Guldursinqal’a kabi tarixiy obidalardan topilgan 3000 dan ziyod qadim Xorazm va Qoraqalpogʻiston tarixiga oid noyob eksponatlar, mahalliy xalqlar etnografiyasi va amaliy sanʼatiga oid buyumlar oʻrin olgan.
Hozirgi kunda muzeyda 2500 ta eksponat bor.
Muzey qadimiy hayvonlar va oʻsimliklarning toshga aylangan qoldiqlari, Orolboʻyining nodir va yoʻqolib ketgan qushlari va hayvonlari toʻldirilgan. Ular orasida „Soʻnggi Turon yoʻlbarsi“ koʻrgazmasi oʻziga xosdir. Eng oxirgi Turon yoʻlbarsining tulumi 1980-yilda muzeyga sovgʻa qilingan. Tulum taxidermist M. Zaslavskiy tomonidan toʻrt yil davomida tiklangan.
Filiallari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktyabrdagi 07/1-426-sonli bayonnomasi asosida oʻsha yilning 20-oktyabrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyining Moʻynoq filiali „Ekologiya muzeyi“ ochildi. Ekologiya muzeyi ekspozitsiyasi Orol dengizi muammosiga bagʻishlangan. Unda oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, xalq amaliy sanʼati eksponatlari, milliy kiyim-kechak va hunarmandchilik buyumlari, „Moʻynoq“ baliq zavodi mahsulotlari namunalari, shuningdek, dengizning ulugʻvorligi davrini aks ettiruvchi fotosuratlar va kartinalar taqdim etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi „2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi 975-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyi filiali, Ellikqalʼa tumanidagi arxeologiya va tarix muzeyi oʻz faoliyatini toʻxtatib, uning oʻrnida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyining Ellikqalʼa filiali tashkil etildi. Muzeyning koʻrgazmalar zali ikki boʻlimdan iborat: arxeologiya va xalq amaliy sanʼati. Muzeyda 2500 dan ortiq eksponatlar mavjud.
Muzey kolleksiyasi
Bugungi kunda muzey 4 ta boʻlim — tabiat, arxeologiya, etnografiya va zamonaviy tarixdan iborat.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- muzey
- Qurilgan
- 1929-yil
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qoraqalpogʻiston respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi (uz.wikipedia.org), 4-iyul, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
%25201st%2520cent%2520BCE-1st%2520cent%2520CE%2520Zoroastrian%2520Ossuary.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)


.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)