Nalayx masjidi
Nalayx masjidi (moʻgʻulcha: Налайх мечеть) yoki Konya madaniyat markazi va masjidi – Mongoliyaning Ulan-Bator shahri Nalayx tumanida joylashgan masjid. Shuningdek, Xalifa Usmon masjidi nomi bilan ham tanilgan.
Tarixi
2013-yil 12-aprel kuni masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtgan, marosimda Turkiya bosh vaziri Recep Tayyip Erdoğan ham ishtirok etgan. Qurilish ishlari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi hamda Dosteli jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan.
Meʼmorchiligi
Masjid 2 qavatli bino hisoblanadi. Birinchi qavatda madaniyat markazi va Mongoliya musulmonlar uyushmasi (moʻgʻulcha: Монголын Мусульманы Нийгэмлэгүүдийн Холбоо) idorasi joylashgan, 2-qavatda esa namozxona mavjud.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 2013-yil 12-aprel
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Nalayx masjidi (uz.wikipedia.org), 26-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
