Nallı masjidi

Agnieszka Gromanowska · CC BY-SA 2.0

Agnieszka Gromanowska · CC BY-SA 2.0

Agnieszka Gromanowska · CC BY-SA 2.0

Nallı masjidi (turkcha: Nallı Mescit) – Imom Ali Mescidi yoki Babıali Mescidi nomi bilan ham tanilgan, XIX asr oxirida bunyod etilgan kichik masjid. Bino Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Cağaloğlu kvartalidagi Anqara koʻchasida joylashgan.

Tarixi

Masjid XV asrda Usmonli imperiyasi sultoni Mehmed II Fotih (hukmronligi: 1444–1446, 1451–1481) davrida diniy olim, shoir va tasavvuf avliyosi Akşemseddinning (1389–1459) qarindoshi Imom Ali afandi tomonidan qurdirilgan. Imom Ali afandining qabri Jevdet posho kutubxonasi binosining orqa tomonida joylashgan. Mustafo Izzet afandi tomonidan yozilgan xattotlik yozuvlariga koʻra, masjid 1869-yilda qayta qurilgan. Sami afandi tomonidan ishlangan yozuvlarga koʻra esa binoning 1902-yilda qayta tiklangani aytilgan.

Arxitekturasi

Masjid eklektik meʼmoriy uslubda yaratilgan boʻlib, odatda, Hindiston va Eron meʼmorchiligida uchratish mumkin boʻlgan baʼzi detallardan foydalanilgan. Bugungi kunda inshoot qizil va oq rangga boʻyalgan, binoning asl rangi esa sariq va och jigarrang rangda boʻlgan. Masjidning oʻlchami 8.50 m × 8.50 m (27.9 ft × 27.9 ft). Sakkiz qirrali ustunning tepa qismi gumbaz bilan qoplangan. Masjidning yagona minorasi toshdan qurilgan, shuningdek, binoning bitta balkoni ham mavjud.

Masjid minorasida topilgan taqa binoning „Nallı“ (soʻzma-soʻz: taqa) deya nomlanishiga sabab boʻlgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region
Meros maqomi
cultural property requiring protection

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.012500, 28.975556Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Nallı masjidi (uz.wikipedia.org), 8-avgust, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.