Buxoro namozgohi

Umid1108 · CC BY-SA 4.0

Ymblanter · CC BY-SA 4.0

Ymblanter · CC BY-SA 4.0

Buxoro namozgohi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Hayit bayramlarida namoz oʻqish uchun qurilgan masjidlardan biri boʻlgan. Buxoroni idora qilgan Qoraxoniylar sulolasi davrida XI asrda Shams al-Muluk (1068—1080) tomonidan chorbogʻida Buxoroning janubiy qismida Namozgoh darvozasi orqasida bunyod etilgan. XI—XVI asrlar davomida qurilgan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Namozgoh peshtoqi gʻarb tomonda boʻlib, masjid markazida mehrob boʻlgan va pishiq gʻishtdan qurilgan. Inshoot naqshinkor va koshinkor bezaklar ganchdan ishlangan. Mazkur Namozgoh XI asrda buzib tashlanadi. 1119—1120-yillarda Qoraxoniylar davlati hukmdori Muhammad Arslon ibn Sulaymon farmoyishi bilan eski namozgoh oʻrniga mehrobli va mukabbir (aslzoda) kishilar uchun bir inshoot qurilgan. Mazkur masjid qayta qurilgan koʻrinishda bizgacha yetib kelgan. Masjid mehrobida murakkab girehlar, „bodomchalar“, oʻymakor naqshli bezaklar bilan bezatilgan. Mehrob yuqori qismida naqshinkor harflar bilan Muhammad (s.a.v) paygʻambar va chorchorlar ismlari yozilgan. Namozgoh masjidida XIV asrning birinchi yarmida taʼmirlash ishlari olib borilgan va kitoba bitiklardan iborat panno oʻrnatilgan. XIV asrning oxirida Amir Temur burugʻiga koʻra taʼmirlash ishlari olib borilgan. XVI asrda Buxoro xonligini idora qilgan Shayboniy Abdullaxon II davrida qayta taʼmirlanadi. Namozgoh masjidi atrofi manzarali va mevali daraxtlar ekilgan va devor bilan oʻrab olingan boʻlgan. Namozgoh mehrobi ravogʻida kufiy xatida „Mulk Allohnikidir“ kalimasi keltirilgan. Masjid ichki ravogʻida suls xatida hadisning bir qismi saqlanib qolgan. Masjid tashqi devorining yuqori qismida kitoba bitiklarining baʼzi parchalari saqlanib qolgan. Ularda asosan Qur’oni Karim oyatlari va hadislardan parchalar keltirilgan.

Me’morchiligi

Masjid pishiq gʻishtdan oddiy qilib qurilgan, atrofi baland devor bilan oʻralgan. XVI-asrdagi taʼmir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarhi toʻgʻri toʻrtburchak boʻlib, 3 asosiy xonadan iborat. Oʻrtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan. Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon yoʻlakdan kirilgan. Peshtoqqa girih naqsh ishlangan, Qur’ondan koʻchirilgan oyatlar bitilgan. Buxoro namozgohi meʼmorligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro meʼmorligi va bezak san’atining an’analari oʻz ifodasini topgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, architectural landmark
Qurilgan
12-yil
Material
Gʻisht
Balandligi
15,3 m
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.761389, 64.411944Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Buxoro namozgohi (uz.wikipedia.org), 9-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.