Yangi masjid (Nikosiya)
Yangi masjid - Nikosiyaning shimoliy qismida joylashgan masjiddir. U o'z nomini o'zi joylashgan Yenijami tumaniga beradi. Hozirgi masjid 1898-1899 yillarda qurib bitkazildi, uning yonida joylashgan va uning xarobalari bugungi kungacha saqlanib qolgan eski masjid cherkovdan aylantirildi.
Bugungi kunda masjid joylashgan hududdagi birinchi ibodat joyi 14-asrda gotika meʼmoriy uslubida qurilgan cherkov boʻlgan. Ushbu cherkov 1350 - 1360 yillarda qurilgan deb taxmin qilinadi.U Eleusaga (Mehribon ona ) bag'ishlanganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Shahar 1570- yili Usmonlilar hukmronligi ostiga olgach, masjidga aylantirilgan bu cherkov Jami-i Jadid” yoki “Yangi masjid” deb atala boshlandi. 1740-1741- yillargacha saqlanib qolgan bu inshoot shu kunga qadar minorasi va janubi-g'arbiy burchagi saqlanib qoladigan tarzda buzib tashlangan va Menteshzade Xoji Ismoil og'a tomonidan 20 metr uzunlikdagu yangi masjid qurilgan. Mish-mishlarga ko'ra, Menteshzade Xoji Ismoil og'a xazina topish uchun masjidning tubini qazibgan va uning vayron bo'lishiga sababchi bo'lgan,shu tufayli qatl etilgan. Bu masjid oʻrnida 1898-1899 -yillarda masjid qurilgan boʻlib, u hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Eski masjidning minorasi 1974-yilda Kipr yurishi paytida minomyot zarbasi natijasida shikastlanganligi tufayli 1
i 1977-yilda buzib tashlangan va 1979-yilda yangi minora qurilgan.
14-asrda qurilgan gotika uslubidagi bino, avval qurilgan Ketrin cherkovi (hozirgi Haydarpasha masjidi ) bilan oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlib, Kipr meʼmorchiligida ushbu cherkovning keyingi bosqichini ifodalovchi bino sifatida qaraladi. Bezaklar va arxitektura rejasi. Boshqa tarafdan, bugungi kunda foydalanilayotgan masjid binosi, 19-asrda orolda qurilgan boshqa Usmonli masjidlari, to'rtburchaklar harim atrofida qurilgan L shaklidagi narteks bilan o'xshash me'moriy rejani ochib beradi. Usmonlilar podsholigi davrida masjid atrofida barpo etilgan qabriston 1950-yillarda vayron qilingan. Xuddi shunday 1959-yilda vayron bo‘lgan masjid favvorasi ham 2003-yilda o‘zining asl qiyofasini qaytarish uchun qayta qurilgan. Masjid yonida Menteshzoda Xoji Ismoil og'a va shoir Hasan Hilmi afandi kabi to'rtta go'r bugungi kunga qadar saqlanib qolgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1898-yil
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yangi masjid (Nikosiya) (uz.wikipedia.org), 17-aprel, 2024 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




