Nur-Ostona masjidi
Nur-Ostana masjidi (qozoqcha: Nur-Astana meshiti/Нұр-Астана мешіті; ruscha: Мечеть «Нур Астана»), Qozogʻistonning Ostona shahridagi masjiddir. Bu Markaziy Osiyodagi uchinchi yirik masjid hisoblanadi. Masjidning balandligi 40 metr (131 fut) boʻlib, bu raqam Muhammad paygʻambar vahiylarni qabul qilgan paytdagi yoshini anglatadi. Minoralarning balandligi esa 63 metrni (207 fut) tashkil etadi va bu son Muhammad vafot etgan yoshining ramziy maʼnosidir.
Livanning Bayrut shahrida arxitektor Charles Hadife tomonidan loyihalashtirilgan masjid Ostona shahridagi daryoning chap qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, qurilishi 2005-yil mart oyida boshlangan. Masjid Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Qatar amiri Hamad bin Xalifa kelishuviga koʻra barpo etilgan. Masjid oʻz ichida 5000 namozxonni sigʻdira oladi, shu jumladan masjid tashqarisida namozxonlar uchun 2000 kishilik maydon ham mavjud. Qurilishida shisha, beton, granit va alukabond singari materiallardan foydalanilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 2008-yil
- Me’moriy uslub
- Islom arxitekturasi
- Balandligi
- 63 m
- Sig‘imi
- 5 000
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Nur-Ostona masjidi (uz.wikipedia.org), 3-yanvar, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)

