Xarabalgʻas

Gary Todd from Xinzheng, China · CC0

James A. Glazier · CC BY-SA 3.0

A. Heikel · Public domain

Xarabalgʻas (Qorabolgʻasun) — Uygʻur xoqonligi poytaxti — Oʻrdubaliq shahar xarobasi (VIII—IX asrlar). 840-yil Yenisey qirgʻizlari tomonidan bosib olinib vayron qilingan. Urxun daryosining soʻl soxilida Erdenidzu monastiri (Moʻgʻuliston)dan 15 km shim. da joylashgan. X.B.ning markaziy qismi koʻtarma tuproq bilan oʻrab olinib, qalʼa va arkdan jan.gʻarbda boʻlgan. Istehkomlar va xom gʻishtdan qurilgan devorlarning sakdanib qolgan bal. 10– 12 m, qoʻriqchi minora (donjon) qalʼa oʻrtasida joylashib, uning bal. 14 m ni tashkil etgan. Shahar qatʼiy reja asosida qurilgan. X.B. hududida VIII—IX asrlarga oid uygʻur sopol idishlari topilgan. Qalʼadan jan.da ibodatxonalar majmui va unga sharq tomondan yondoshgan turar joy mavzesi anikdangan. Aftidan bu mavze uygʻur xoqoni bilan bogʻliq boʻlib, u yerdan topilgan granit stela (ustun) sirtida ajdarho tasviri va IX asrdagi uygʻur xoqonlaridan birining shaʼniga atab uygʻur, xitoy va sugʻd tillarida bitilgan yozuvlar aks etgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
archaeological site, aholi punkti
Tarkibiy qismi
Orkhon Valley

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 47.431111, 102.659444Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Xarabalgʻas (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.