Qaffol Shoshiy maqbarasi

Ymblanter · CC BY-SA 4.0

Bobyrr · CC BY-SA 4.0

Bobyrr · CC BY-SA 4.0

Qaffol shoshiy maqbarasi — Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan XVI asrga oid meʼmoriy yodgorlik.

Hozirgi kunda Qaffol Shoshiy maqbarasi Hazrati Imom majmuasi tarkibiga kiradi.

Tarixi

Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur boʻlgan imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan.

Meʼmorchiligi

Qaffol Qaffol Shoshiy maqbarasi meʼmor Gʻulom Husayn tomonidan 1541—1542-yillarda chorsi (25×26×5 sm) pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Maqbarachorgoqtarxli (13,3×12,5 m), katta xona va uning toʻridagi sagʻanali xonadan iborat. Katta xona (6×6 m) ning uch tomoni peshtoqli, qoʻsh qavatli gumbaz bilan yopilgan. Bosh peshtoq va uning 2 yonidagi burjlari anʼanaviy usulda. Maqbara burchaklarida 2 va 3 qavatli 8 yoqli va toʻrtburchak tarhli hujralar bor. Eshik tepasidagi kitobada maqbara qurilgan sana, meʼmor va xattotning nomi yozilgan; poygumbazidagi yozuvlar saqlanmagan. Maqbaraning tarzlari bezaksiz, derazalariga panjaralar ishlangan. Maqbara poliga mavjli qilib gʻishtlar yotqizilgan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi asosida keyinchalik Hazrati Imom majmuasi vujudga kelgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley
Tarkibiy qismi
Hazrati Imom majmuasi
Nomi kimdan/nimadan
Qaffol shoshiy
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.338056, 69.238056Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qaffol Shoshiy maqbarasi (uz.wikipedia.org), 6-iyun, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.