Minora (Bahouddin Naqshband majmuasi)

Jean Housen · CC BY-SA 4.0

Bgag · CC0

Umid1108 · CC BY-SA 4.0

Qasri Orifon minorasi – Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻi, Bahouddin Naqshband meʼmoriy majmuasidagi minora. Minora Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar sulolasi humdori Abulfayzxon davrida 1718–1720-yillarda qurilgan. Minora Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Minora orqa tomonida Abdulazizxon xonaqohi, oʻng tomonida Abdulhakim Qoʻshbegi masjidi, chap tomonida esa Naqshbandiya tariqati muzeyi joylashgan.

Minora balandligi 12, 2 m, diametri 3 m, yuqori qismi sakkiz qirrali boʻlib, sharafasi qismida 1718–1720-yillar oraligʻida bunyod etilganligi qayd qilingan. Minora pastki qismida tut daraxtidan sinch ishlatilgan va obi gʻishtlar bilan koʻtarilgan. Sinchning ustki qismi bezakli gulmexlar bilan bezalgan.

Minoraning qibla tomonida 1885-yili „Oqibat hayrobod“ yaʼni „Oqibat xayrli boʻlsin 1885“ nastaʼliq xatida yozilgan. Aynan ushu yozuvlar Bahouddin Naqshband meʼmoriy majmuasidagi Bibi Orifa majmuasi ayvonida ham toʻrt marta suls xatida yozilgan.

„Oqibat xayrli boʻlsin“ soʻzining uch maʼnosi bor: boshlangan ishni yaxshilik bilan yakunlash, inson bilan bu dunyo bilan xayrlashish, qiyomat kunida qilgan amallarini inobatga olish.

2005-yil minora taʼmirlashga kirishilgan. Chunki minora sharq tomoni 41 smga ogʻgan edi. Temir bandlar bilan gʻarb tomoni mustahkamlandi.

Minoraning yuza qismidagi bezaklari qayta taʼmirlangan. Minora taʼmirlanishida Muzaffar Mirzayev boshchilik qilgan.

Minora Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Qasri Orifon minorasi qurilishida pishgan gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan foydalanilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
minora, architectural landmark
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.801745, 64.537198Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qasri Orifon minorasi (uz.wikipedia.org), 29-sentabr, 2023 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.