Qaynar masjidi

Nikolai Bulykin · CC BY-SA 4.0

Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0

Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0

Qaynar masjidi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Qaynar qishlogʻida joylashgan masjid. Qashqadaryo viloyat madaniy meros boshqarmasining operativ boshqaruv huquqi asosidagi davlat mulki.

Tarixi

Qaynar masjidi 1895–1899-yillarda mulla Qobil oxund donatorligida va boshchiligida xalq hashari yoʻli bilan qurilgan. SSSR davrida masjid binosidan xoʻjalik omborxonasi va pilla yetishtirish punkti sifatida foydalanilgan. 1991-yildan keyin ushbu masjid xalq hashari bilan qayta taʼmirlangan.

Qaynar masjidi 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 2017-yilda u yerda yangi tahoratxona qurilgan.

Arxitekturasi

Masjidning tarhi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidadir. Uning eni va boʻyi 10x8 m ni tashkil etadi. Devorlari sinchli, tomi vassajuft tarzida yopilgan. Ichki qismida ikkita ustun bor. Qaynar masjidining beshta kirish eshigi mavjud. Masjid atrofi ayvon bilan oʻralgan. Yogʻochlari chinor va archa daraxtlaridan boʻlib, naqshinkor qilib bezatilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, architectural landmark
Qurilgan
1902-yil
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.227601, 66.911625Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qaynar masjidi (uz.wikipedia.org), 28-yanvar, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.