Qilichboy madrasasi
Qilichboy madrasasi (Qilichbek madrasasi) — Qarshi shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XIX asr). Bu madrasa shaharda yaxshi saqlanib qolgan sanoqli tarixiy obidalardan biri hisoblanadi. Davlat muhofazasiga olingan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Qilichboy Madrasasi uncha katta boʻlmagan bino boʻlib, uning tuzilishi Xoʻja Abdul Aziz madrasasiga oʻxshab ketadi. Bu ikki madrasa bir-biriga yaqin joylashgan.
Obida hozirgi zamonaviy Qarshi shahridagi „Odina Park“ deb nomlanuvchi bogʻda joylashgan.
Qurilishi
Qilichboy madrasasi 1914-yilda Said Olimxon humkronlik davrida boy-badavlat, nufuzli Qilichboy ismli shaxsning say-harakatlari bilan bunyod etilgan. Bino qurilishida usta Sharof Buxoriy ishtirok etgan.
Ayrim manbalarda, maqbaraning 1911-yilda bunyod etilgani haqida ham yozilgan
Tuzilishi
Madrasa eniga 12.5, boʻyiga 13 metrni tashkil etadi. Hovli sakkizburchak shaklida barpo etilgan. Hovlining maydoni 6 x 7 metrni tashkil qiladi. Hovli oʻrtasida hovuz qurilgan. Binoning peshtoq tarafi ikki qavatli. Peshtoqning yon tarafida gumbazsimon qubbalar joylashgan.
Qilichboy madrasasi tarkibida oʻn ikkita oʻquv xonasi mavjud. Bino jami ikki qavatdan iborat. Hovli ichida kanalizatsiya tizimi ham yoʻlga qoʻyilgan. Madrasa devorlari va gubazi pishiq gʻishtdan qurilgan.
Maqbara tuzilishi Bek Mir qozoq madrasasi uslubiga yaqin koʻrinishga ega. Lekin, hajmi nisbatan kichik
Bugungi kunda Qilichboy madrasasi muzey sifatida faoliyat yuritmoqda.
Faoliyati
Qilichboy madrasasi ilk yillarda shu yaqin atrofdan kelgan yosh oʻquvchi bolalar uchun maktab vazifasini oʻtagan.
1925-yildan 1938-yilga qadar bu inshootdan tergovxona sifatida foydalanilgan. Qashqadaryo va unga yaqin hududlarda qoʻlga olingan jadidlar, yozuvchilar shu yerda soʻroq qilingan hamda hibsda saqlangan. Madrasa muddarislari va toliblari ham qamoqqa olingan. 1938-yilda hibsga olinganlar boshqa joyga yuborilib, madrasa faqat tergovxona sifatida faoliyat yurita boshlagan. 1950-yilda SSSR ning turli hududlaridan koʻchirib keltirilgan oʻqituvchilar va oddiy aholi shu yerda isteqomat qila boshlagan.
Taʼmirlanishi
2021-yilda madaniy meros boshqarmasi tomonidan madrasa taʼmirlangan hamda shu hududda kutubxona va muzey tashkil etilgan. Muzey va kutubxona Oltin meros koʻrgazma fondiga qarashli
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Madrasa
- Meros maqomi
- object of tangible cultural heritage of Uzbekistan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qilichboy madrasasi (uz.wikipedia.org), 16-avgust, 2023 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





