Rayimbek botir maqbarasi

Ds02006 · Public domain

Rayimbek botir maqbarasi (qozoqcha: Райымбек батыр кесенесі, Ruscha:Мавзолей Райымбек Батыра) – jungʻor bosqinchilariga qarshi kurashgan qozoq qahramoni Rayimbek botirning maqbarasi. U Olmaota shahridagi Raiymbek prospektida joylashgan.

Tuzilishi

Rayimbek maqbarasqabri 1918-1922-yillardagi Rossiya fuqarolar urushi davrida vayron qilingan. 1981-yilda dafn etilgan joyga granit stela oʻrnatilgan. 1992-yilda meʼmorlar B. Ybrayev, Sh. Otepboyev va S. Agitayev tomonidan qabr ustiga maqbara qurilgan. 2017-yilda Olmaota shahar hokimining qarori bilan Rayimbek maqbarasi Olmaota shahri kommunal mulkiga oʻtkazilgan.

Hozirgi holati

Yodgorlik gʻayrioddiy shaklga ega boʻlib, tepasida yarim oy tasvirlangan uchli chodir koʻrinishida qurilgan. Uning ichida qahramonning kuli solingan sarkofag joylashtirilgan. Shuningdek, maqbara hududida buloq va namozxona ham mavjud.

2005-yilda Rayimbek tavalludining 300 yilligi munosabati bilan Olmaota parlamenti deputati va „Sana-Oi Invest“ korporatsiyasi bosh direktori Davlet Abenov oʻz mablagʻlari hisobidan qora marmardan yasalgan ramziy Qur’onni maqbara yaqiniga oʻrnattirgan. Bu yerda odamlar kitobga qoʻllarini qoʻyib ibodat qilishlari mumkin.

Maqbaraning tabarrukligi, Rayimbekning tirikligidayoq „auliye“, „avliyo“ sifatida eʼtirof etilganida ham taʼkidlanadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley
Me’mor
Bek Ibrayev
Material
Granit
Nomi kimdan/nimadan
Raiymbek Batyr

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 43.265130, 76.906870Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Rayimbek botir maqbarasi (uz.wikipedia.org), 17-avgust, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.