Ruhobod madrasasi
Ruhobod madrasasi — Samarqand madrasasi. Ruhobod madrasasi 47 hujrali boʻlib, 1 nafar mudarris tomonidan dars oʻtilgan. Ruhobod madrasasi 1871-yilda Samarqanddagi uchinchi yirik madrasa hisoblangan. Madrasada 1 nafar sartarosh, 1 nafar farrosh, 1 nafar meshkobchi xizmat qilgan. Ushbu dargoh mutavvali tomonidan boshqarilgan. Mazkur madrasada 94 nafar talaba taʼlim olgan. Madrasa joylashgan hudud Ruhobod guzari deb nomlangan. Guzarning masjidi ham boʻlgan. Unga mulla Burhon, mulla Mir Sayyid imom muazzinlik qilgan. Guzarning oqsoqoli Sayyidxon ismli kishi boʻlgan. Masjidga 580 tanob yer vaqf qilingan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Ruhobod majmuasining xonaqohi va maqbarasi ham mavjud boʻlgan. 1868-yildan soʻng majmua xarobaga aylanib borgan. 1920-yil iyun oyida V. L. Vyatkin tomonidan Ruhobod hududiga arxeologik qazishmalar oʻtkazilib, majmua vayrona holga kelib qolgan. Sovet yillarida madrasa hujralarida dastlab aholi istiqomat qilgan, keyinchalik esa qurilish tashkiloti binosi sifatida faoliyat olib borilgan. 1960-yillarda madrasa buzib tashlangan. Qadimiy madrasa oʻrniga aholi yashashi uchun uy joy qurishga berildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Ruhobod majmuasi taʼmirlanib, qayta tiklandi. Majmua atrofi obodonlashtirildi.
Meʼmorchiligi
Ruhobod madrasasi 47 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Madrasa
- Me’moriy uslub
- Islom arxitekturasi, architecture of Iran
- Tarkibiy qismi
- Ruhobod majmuasi
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ruhobod madrasasi (uz.wikipedia.org), 29-avgust, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


%2520%25D0%25A1%25D0%25B0%25D0%25BC%25D0%25B0%25D1%2580%25D0%25BA%25D0%25B0%25D0%25BD%25D0%25B4%2520(By%2520Khusen%2520Rustamov%2520).jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)

