Sabancı Merkez masjidi

Cobija · CC BY-SA 3.0

Bernard Gagnon · CC BY-SA 3.0

Marcello Casal Jr/ABr. · CC BY 3.0 br

Sabancı Merkez masjidi (turkcha: Sabancı Merkez Camii) – Turkiyaning Adana shahridagi ikkinchi yirik masjid. Tashqi koʻrinishi (ichki bezagi) Edirnedagi Salimiya masjidiga, 6 ta minoraga ega ekanligi bilan Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidiga oʻxshaydi.

1998-yilda foydalanishga topshirilgan masjid musodara qilingan arman qabristoni ustiga qurilgan. Umumiy 52,600 m² maydonda qurilgan, yopiq maydoni esa 6,600 m² ni tashkil qiladi.

Sabancı Merkez masjidi Turkiya diniy fondi va Sabancı fondi tomonidan hamkorlikda qurilgan. Masjidning mulki Adana Din ishlari jamgʻarmasiga tegishli boʻlib, undan foydalanish huquqi Adana viloyati muftiyligiga oʻtgan.

Meʼmorchiligi

Sabancı Merkez masjidi Adana shahrini atrofdagi shahar va qishloqlar bilan bogʻlaydigan asosiy arteriyalar, temir yoʻllar va yoʻllar kesishmasida qurilgan boʻlib, shaharning deyarli hamma joyidan koʻrinadigan baland minoralari bilan deyarli shaharning ramziga aylangan. 28 500 kishiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan masjid Yaqin Sharqdagi eng katta masjidlardan biri boʻlgani bilan mashhur.

Seyhan daryosi qirgʻogʻida joylashgan Sabancı Merkez masjidi 6 minorali mahobatli inshoot hisoblanadi. Diametri 32 metr (105 fut) boʻlgan asosiy gumbazni koʻtarib turuvchi 8 ta ustuni mavjud. Asosiy gumbazning balandligi pol sathidan 54 metr (177 fut) balandlikda. Asosiy binoga tutashgan 4 ta minoraning har birining balandligi 99 metr (325 fut), yarim yopiq ayvonda joylashgan qolgan 2 ta minoraning har biri 75 metr (246 fut) balandlikka ega.

Masjidda 4 ta darsxona, 10 ta eʼtikāf xonasi, imom va muazzin xonalari, munozara xonalari va tahorat oladigan favvora mavjud.

Masjiddagi barcha xattotlik asarlari xattot Husayn Qutluga tegishli. Qiblaga qaragan 4 ta katta panellar hajmi boʻyicha dunyodagi eng katta masjid panellari hisoblanadi.

Masjiddagi barcha rasm va koshin naqshlari arxitektor naqqosh M. Semih Irtesga tegishli. Tokcha, minbar, platforma, kirish eshigi va boshqa eshiklar marmardan qilingan, ular Usmoniylar meʼmorchiligining klassik uslubida Nihat Kartal tomonidan yaratilgan.

Minoralar oq sement va fil suyagi rangidagi maydalangan tosh aralashtirilgan temirbetondan qurilgan.

Ichki va tashqi yoritish, ichki ovoz tizimi loyihalari Philips kompaniyasiga tegishli. Bundan tashqari, minorada joylashgan markaziy radio tizimi hamd markaziy eshittirish tizimi orqali diametri 60 kilometr (37 milya) maydonda joylashgan 275 ta masjidda bir vaqtning oʻzida vaʼz oʻqilishi mumkin.

Masjidning gʻarbiy tomonida tadqiqotchilar va jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan kutubxona mavjud.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1998-yil
Sig‘imi
28 500

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 36.991389, 35.334167Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sabancı Merkez masjidi (uz.wikipedia.org), 26-yanvar, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.