Said Kamol madrasasi

Unknown authorUnknown author · Public domain

Ymblanter · CC BY-SA 4.0

Ymblanter · CC BY-SA 4.0

Said Kamol madrasasi (Said Kamolbiy madrasasi; Kamolxoja madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozir madrasada Amulet nomidagi mehmonxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Tarixi

Madrasa 1864–1865-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Fathullo qoʻshbegi (keyinchalik Said Kamol deb atalgan) guzarida, oʻzbek hukmdori Muzaffarxon (1860–1885) hukmronligi davrida, Mir Sayyid Kamol ibn Mir Abdurasul karvonboshi ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan.

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat qozi Sadriddin ibn Mir Bayzo muhri bilan tasdiqlangan.

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng, madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, hozir unda Amulet nomidagi mehmonxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Bahouddin Naqshband nomidagi koʻchada joylashgan.

Meʼmorchiligi

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan, 19 hujra va darsxonadan iborat.

Qisqa ma’lumot

Turi
Madrasa, architectural landmark
Qurilgan
1865-yil
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.773475, 64.424939Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Said Kamol madrasasi (uz.wikipedia.org), 23-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.