Saygʻoqli davlat buyurtma qoʻriqxonasi
Saygʻoqli davlat buyurtma qoʻriqxonasi (zakaznigi) - saygʻoqlarni va ular koʻpayadigan hududlarni muhofaza qilish maqsadida 1991-yilda tashkil etilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida, Ustyurt platosining shim.gʻarbiy qismida joylashgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga qaraydi. Maydoni 1 mln.ga. Buyurtmaxonaning sharqiy chegarasi Qozogʻiston Respublikasining davlat chegarasigacha, gʻarbiy chegarasi Aterov (Guryev) va Oqtoʻba viloyatlari chegaralariga qadar boradi. Ustyurtda yashaydigan saygʻoqlar Qoraqalpogʻiston hududining Ustyurt qismida koʻpayib, yozda Qozogʻiston choʻllariga koʻchadi, kuzda yana Ustyurtga qaytadi. Bu hududda Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tuvaloq va boshqa hayvonlar ham yashaydi. Buyurtma hududida saygʻoqlarning umumiy soni 30 mingga yaqin (2003).
Qisqa ma’lumot
- Turi
- protected area, Buyurtma qoʻriqxona
- Meros maqomi
- part of UNESCO World Heritage Site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Saygʻoqli davlat buyurtma qoʻriqxonasi (uz.wikipedia.org), 22-dekabr, 2024 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.