Shoh Sulton Husayn masjidi
Shoh Sulton Husayn masjidi (ozarbayjoncha: Şah Sultan Hüseyn məscidi) XVIII asrga oid tarixiy masjid boʻlib, Ozarbayjonning Absheron tumanidagi Novxani qishlogʻida, Bokudan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Taxminlarga koʻra, masjid bir vaqtlar qadimiy turar-joy punktlarining markazida joylashgan boʻlib, ushbu hudud hozirda choʻldan iborat.
Tavsifi
Shoh Sulton Husayn masjidi Absheron meʼmorchilik maktabi namunalari asosida bunyod etilgan.
Masjidning hajmi nisbatan kichik boʻlsa-da, devorlarga ishlangan meʼmoriy bezaklar masjidning oʻziga xosligini taʼminlaydi. Devorlardagi unchalik katta boʻlmagan naqsh va arxitekturaviy elementlar hozirgacha saqlanib qolgan. Masjidning namoz oʻqish zaliga ham alohida bezaklar bilan ishlov berilgan boʻlib, u yerdagi asosiy elementlardan biri gumbaz hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi zal atmosferasini doimiy saqlash, yoritish va zalda aks sado hosil qilishdan iborat. Masjidning tashqi koʻrinishi va uning meʼmoriy yechimi birgalikda umumlashib ketgan. Namozxona masjidga tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish xonasi bilan birlashtirilgan.
Dinga qarshi siyosat kuchaygan bir davrda, yaʼni 1930-yillarda masjid sovet hukumati tomonidan ziyoratchilar uchun yopib qoʻyilgan. Natijada masjid vayron boʻlib, yaroqsiz holga kelib qolgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Me’moriy uslub
- Islom arxitekturasi
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Shoh Sulton Husayn masjidi (uz.wikipedia.org), 9-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)



.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
