Üç Şerefeli masjid

User:Ggia · CC BY-SA 3.0

Jorge Franganillo · CC BY 4.0

R Prazeres · CC BY-SA 4.0

Üç Şerefeli masjid (turkcha: Üç Şerefeli masjid) – Turkiyaning Adirna shahridagi masjid. XV asrda Usmoniylar davrida qurilgan.

Tarixi

Üç Şerefeli masjid Usmoniylar sultoni Murod II (h. 1421–1444, 1446–1451) tomonidan 1438–1447-yillarda qurdirilgan. Masjid shaharning tarixiy markazida, Salimiya masjidi va Eski masjidga yaqin joyda joylashgan. Binoning nomi uchta balkonli (turkcha: üç şerefeli) gʻayrioddiy minoraga ishora qiladi. Masjid dastlab shahar yaqinidagi Eski masjididan (Eski Cami) farqlanishi uchun Yangi masjid (Yeni Cami) deb atalgan.

Masjidni qurgan meʼmorning kim ekanligi maʼlum emas. Bino Burgas ohaktoshidan qurilgan, asosiy gumbazining diametri 24 m. Ushbu gumbaz qurilgan vaqtda qolgan barcha Usmoniylar binolaridagi eng katta gumbaz boʻlgan. Masjid 1732-yilda sodir boʻlgan yongʻin va 1748-yilgi zilzila natijasida jiddiy zarar koʻrgan. Keyinchalik, sulton Mahmud I buyrugʻi bilan taʼmirlangan.

Derazalarning timpanlarida joylashgan koshinlar Bursadagi Yashil masjidni (1419–1421) bezab chiqqan koshinkorlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlishi mumkin. Xitoy meʼmorchiligi taʼsirida koshinlarga ishlangan gulli naqshlar Adirnadagi kichik Murodiya masjididagi koshinlarga oʻxshaydi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, arts venue
Qurilgan
1438-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
Stone
Balandligi
67,62 m
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.678056, 26.553500Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Üç Şerefeli masjid (uz.wikipedia.org), 25-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.