Şirvani masjidi
Şirvani masjidi, shuningdek, Şirvani Mehmet Afandi masjidi yoki İki Şerefeli Camii deb ham nomlanadi, Turkiyaning Gaziantep shahridagi masjid.
Masjid Gaziantep qal’asining janubi-gʻarbiy qismida, Safarposho mahallasida joylashgan. Shahardagi eng qadimgi masjidlardan biri boʻlgan ushbu masjid qurilishini Şirvani Mehmet afandi oʻz zimmasiga olgan.
Masjidning yana bir nomi İki Şerefeli Camii (Qoʻshaloq balkonli masjid) boʻlib, boshqa koʻplab masjidlardan farqli oʻlaroq, masjid minorasi ikkita balkonga ega boʻlganligi uchun ham shu nom berilgan. Bundan tashqari, minbar oʻziga xos tarzda maxsus joyga joylashtirilgan boʻlib, maxsus xizmatlar uchun bir joydan boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish mumkin.
2023-yil 6-fevralda masjid ketma-ket ikki marta sodir boʻlgan zilzilalar oqibatida jiddiy zarar koʻrgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Muhim voqea
- Turkiya—Suriya zilzilasi (2023)
- Joylashgan hudud
- Southeastern Anatolia Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Şirvani masjidi (uz.wikipedia.org), 8-mart, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)


