Sokollu Mehmed posho masjidi

MChew · CC BY-SA 3.0

Benh LIEU SONG from Torcy, France · CC BY-SA 4.0

Cornelius Gurlitt (1850-1938) · Public domain

Sokollu Mehmed posho masjidi (turkcha: Sokollu Mehmet Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Kadirga mahallasida joylashgan XVI asrga oid Usmonli masjidi. Yodgorlik Usmonli vaziri Sokollu Mehmed posho hamda uning rafiqasi İsmihan Sulton (talaffuzi: Ismihan Sulton) tomonidan qurdirilgan. Masjid loyihasi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan va 1571—1572-yillarda qurib bitkazilgan. Masjid oʻzining ichki devorlarini bezatib turuvchi Iznik koshinlari bilan ajralib turadi.

Tarixi

Masjid Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan. Hovlining shimoliy kirish eshigi ustidagi turkcha poydevor yozuvlariga koʻra, bino 979-hijriy yilda (milodiy 1571—1572) qurib bitkazilgan. Sokollu Mehmed posho masjidni rafiqasi İsmihan Sultan bilan birgalikda vaqf qilgan boʻlsa-da, yozuvlarda faqat Sokollu Mehmed Poshoning nomi qayd etilgan.

Tashqi koʻrinishi

Masjid meʼmoriy jihatdan nisbatan noqulay hududda, yaʼni tik qiyalikda joylashganligi bilan bilan ajralib turadi. Meʼmor Sinon masjid binosini ikki qavatli hovli koʻrinishida qurish orqali bu muammoni hal qiladi. Pastki qavatlardan doʻkon sifatida foydalanilgan boʻlib, ularning ijara haqi masjidni taʼmirlash ishlari uchun moʻljallangan. Hovlining ochiq ustunli yuqori qavatining uch tomonida joylashgan ustunlar orasidagi boʻshliqlar devor bilan oʻralgan boʻlib, ularning har birida kichik deraza, kamin va koʻrpa-toʻshaklarni saqlash uchun joy, shuningdek, madrasa uchun turar-joy vazifasini bajaruvchi kichik xonalar ham mavjud boʻlgan. Hovlining toʻrtinchi tomonida esa masjid binosi qurilgan boʻlib, tepa qismi gumbaz bilan oʻralgan. Gumbazning diametri 13 metr (43 ft), balandligi 22.8 metr (75 ft). Hovlidagi tahorat olinadigan favvora gumbazini oʻn ikkita ustunlar mustahkamlab turadi. Masjidning yagona minorasi shimoli-sharqiy burchakda joylashgan.

Ichki koʻrinishi

Sokollu Mehmed posho masjidining ichki qismi koʻk, qizil va yashil rangdagi gul naqshlari, oq suls harflari bilan ishlangan xattotlik panellari, bezatilgan Iznik koshinlari bilan mashhur. Ichki ustunlarni yaratishda marmardan foydalanilgan. Minbar konussimon qalpoqli boʻlib, oq marmardan yasalgan va Iznik koshinlari bilan qoplangan. Mehrob ustidagi derazalar shisha bilan qoplangan. Asosiy kirish eshigi tepasida oltin va mis yugurtirilgan ramka bilan hoshiyalangan, Makkadagi Kaʼbadan keltirilgan tosh parchasi joylashgan. Bu qora toshning boshqa parchalari minbar va mehrob ustida ham mavjud. Binoning boʻyoqlar bilan bezatilgan qismlari qayta boʻyab chiqilgan, ammo asl boʻyoqlarning bir qismi shimoliy kirish eshigi vestibyulining tepasida, kirish qismi tepasidagi balkonni mustahkamlab turuvchi qismida va yon galereyalarning shiftlari ostida saqlanib qolgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
kulliya, Jome masjid, Masjid, historic building
Qurilgan
1665-yil
Me’mor
Xoʻja sinon
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
Granit
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Sokollu Mehmed Paşa
Meros maqomi
cultural property requiring protection

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.004722, 28.971944Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sokollu Mehmed posho masjidi (uz.wikipedia.org), 6-iyul, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.