Sokollu Mehmet posho masjidi (Büyükçekmece)
Sokollu Mehmet posho masjidi (turkcha: Sokollu Mehmet Paşa Camii) – Köprübaşı (Koʻprikboshi) nomi bilan ham tanilgan XVI asrga oid Usmonli masjidi xarobasi. Inshoot Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan.
Tavsifi
Xaroba Istanbul tumanlaridam biri boʻlgan Büyükçekmeceda joylashgan. Bino Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon (taxminan 1488 yoki 1490–1588) tomonidan loyihalashtirilgan va 1567-yilda sadr vazir Sokollu Mehmed posho (vazirlik yillari 1565–1579) uchun qurdirilgan. Bino Istanbulda joylashgan meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan qurilgan xuddi shu nomdagi uchta masjiddan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda masjidning faqatgina minora, bitta darvoza va past devori saqlanib qolgan. Masjid minorasining dizayni noyob usulda qurilgan boʻlib, Misrda ham shunga oʻxshash minora mavjud.
Masjid Kanuniy Sulton Sulaymon koʻprigining sharqiy chekkasida bunyod etilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Jome masjid, Masjid, historic building
- Qurilgan
- 1566-yil
- Me’mor
- Xoʻja sinon
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
- Nomi kimdan/nimadan
- Sokollu Mehmed Paşa
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sokollu Mehmet posho masjidi (Büyükçekmece) (uz.wikipedia.org), 25-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





