Sokollu Mehmed posho masjidi (Lüleburgaz)
Sokollu Mehmed posho masjidi (turkcha: Sokollu Mehmet Paşa Camii) – XVI asrga oid Usmoniylar masjidi. Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi Kırklareli viloyati Lüleburgaz shahrida joylashgan.
Masjid Sadr vazir Sokollu Mehmed posho (faoliyati: 1565–1579) tomonidan qurdirilgan, masjid loyihasi imperiya meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan. Bino 1565 hamda 1569–1570-yillarda qurilgan boʻlib, madrasa, hospis va karvonsaroyni oʻz ichiga olgan katta majmuaning bir qismini tashkil qiladi. Ushbu majmua Usmoniylar imperiyasi davrida Istanbuldan Bolqon mintaqasiga olib boruvchi muhim savdo yo'li yoqasida joylashgani sababli, karvonlar va yo'lovchilar uchun asosiy to'xtash va dam olish maskani vazifasini o'tagan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, kulliya
- Qurilgan
- 1569-yil
- Me’mor
- Xoʻja sinon
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
- Nomi kimdan/nimadan
- Sokollu Mehmed Paşa
- Meros maqomi
- cultural property requiring protection
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sokollu Mehmed posho masjidi (Lüleburgaz) (uz.wikipedia.org), 18-iyul, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


