Sudochye koʻli

Valentin Sorochinskiy · CC BY-SA 3.0

NASA · Public domain

Официальный веб-сайт Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан · CC BY 4.0

Sudochye koʻli – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi koʻl. Orol dengizining janubi-gʻarbida. Gʻarbiy qirgʻogʻi Ustyurtning Sharqiy chinkiga tutash, qolgan tomonlari Amudaryo deltasi bilan chegaradosh. Koʻlning maydoni va tarkibidagi tuz miqdori teztez oʻzgarib turadi. Chunki, Amudaryo va kanallardan ortgan suvlar koʻlga kelib quyiladi. 1972-yil koʻlning maydoni 96 km²boʻlgan. Koʻlning oʻrtacha chuq. 11,5 m.

Koʻlning nomlanishi mahalliy qoraqalpoq xalqining „suw dushshi“ nomidan kelib chiqan degan maʼlumotlar bor.

Geografik tavsif

Oʻtmishda Sudochye koʻli deltadagi eng katta koʻl boʻlgan. Koʻl Aybugir pasttekisligini egallagan. Sudochye A. I. Butakov (1848 – 1849) dengiz xaritasida belgilangan. Xaritada u botqoqli Aibugir yoki Laudan koʻli belgilangan. Koʻl Orol dengizi qirgʻogʻidan 24 km janubi-sharqda (Urgʻa burnidan janubi-gʻarbdagi hudud) choʻzilgan. Ustyurt platosining sharqiy qoyasi koʻlning gʻarbiy qirgʻogʻi boʻylab oʻtadi.

Ilgari Sudochye Amudaryoning Raushan va Priemuzyak kanallari orqali toʻldirilgan va kanal orqali Orol dengiziga ulangan. Koʻlning suv yuzasi maydoni 350 km² ga, uzunligi 250 km ga, oʻrtacha kengligi 15 km va oʻrtacha chuqurligi 2 m ga yetdi. Suvning minerallashuvi 0,6-1,7‰ oraligʻida oʻzgarib turadi. Sudochye yarim anadrom baliq turlari uchun urugʻlanish joyi boʻlib xizmat qilgan. Koʻlda 2000 tonnagacha baliq ovlangan.

1950–1970-yillarda yerni sugʻorish hisobiga koʻlga suv oqimi sezilarli darajada kamaygan va u oʻz ahamiyatini butunlay yoʻqotgan. 1960-yillarda Orol dengizi sathining pasayishi va Raushan kanalining yopilishi tufayli deyarli barcha daryo suvlari oqimini toʻxtatib, Sudochye quriy boshlagan. 1968-yilda sayoz koʻl alohida suv omborlariga boʻlingan. 1972-yilda uning maydoni 96 km² edi.

Biroq, ayni paytda, asosan, kollektor va drenaj suvlari hisobiga koʻl qisman tiklangan. Amudaryo suvi Qoʻngʻirot kollektori va Bosh kollektor orqali Sudochyega quyila boshlandi. Koʻlning holati ushbu kanallarning suv rejimiga toʻliq bogʻliqligi isbotlandi. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida“ koʻlning kattaligi va minerallashuvi tez oʻzgarib turishi qayd etilgan.

„Geografik entsiklopediya“ (2006) maʼlumotlariga koʻra, koʻlning maydoni 333 km², suvning qirgʻogʻi dengiz sathidan 53 m balandlikda, suvning minerallashuvi 3-4 g/l ni tashkil qilgan. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ (2000–2005) maʼlumotlariga koʻra, oʻrtacha chuqurligi 1,5 m boʻlgan.

Orol ensiklopediyasiga (2008) koʻra, sobiq yirik koʻl oʻrnida hozir 4 ta suv ombori mavjud: Akushpa, Bolshoye Sudochye, Qorateren va Begdulla-Aydin. 2000–2001-yillar Bolshoye Sudochye qurib qolgan halokatli kam suv davri boʻldi.

Qisqa ma’lumot

Turi
lago, group of lakes
Maydoni
333 km²
Meros maqomi
Ramsar site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 43.506730, 58.412660Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sudochye koʻli (uz.wikipedia.org), 4-iyul, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.