Sudochye buyurtma qoʻriqxonasi
Sudochye davlat ornitologiya buyurtma qoʻriqxonasi — Amudare deltasi biologik majmuini, koʻchmanchi qushlar qoʻnib oʻtadigan, ular bola ochadigan joylarni qoʻriqlash maqsadida 1991-yilda tashkil etilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida, Sudochye koʻli va uning atroflarida joylashgan. Maydoni 50 ming ga. Uning gʻarbiy chegarasi Ustyurt boʻylab, sharqiy, janubiy chegaralari koʻlning qirgʻoq chetlari boʻylab oʻtgan. Koʻlda koʻplab suzadigan va suv boʻyi qushlari dam oladi, koʻpayadi. Bu yerda oqqushlar, kolpitsalar, qoravoylar (Qizil kitobga kiritilgan) va boshqa turdagi qushlar, shuningdek, ovlanadigan ondatralar yashaydi. Qoʻriqxona xalqaro ahamiyatga ega, koʻl suvbotqoq havzalarini muhofaza qilish boʻyicha Ramsar konvensiyey roʻyxatiga kiritilgan. Koʻlning oʻrtacha chuqurligi 1,5 m, qalin oʻsgan suv oʻsimliklari yovvoyi hayvonlar uchun ozuqa bazasi hisoblanadi.
Buyurtma hududda qushlarni oʻrganish boʻyicha ilmiy ishlar olib boriladi, har yili qushlar sonini hisobga olish ishlari bajariladi, ondatra ovlanadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Buyurtma qoʻriqxona
- Tarkibiy qismi
- Sudochye-Akpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasi
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sudochye davlat ornitologiya buyurtma qoʻriqxonasi (uz.wikipedia.org), 5-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
