Taxti Sangin
Taxti sangin — Tojikistonning Qubodiyon tumanidagi qad. shahar xarobasi (mil. av. III asr — mil. III asr). Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Vaxsh va Panj daryolari qoʻshilgan yerda, tor vodiyda joylashgan. Bu vodiy gʻarbdan TaxtiQubod togʻi, sharkdan Vaxsh daryosi bilan chegaralangan, 2 qator tosh devor (oraliq masofa — 2 km) bilan muxrfazalangan. Devor oraligʻida turli inshootlar qurilgan. Markazda qalʼahisor (275– 165 m.), atrofi tosh devor bilan oʻralgan. Devor qalinligi 2 m, bal. 8 m, minoralari boʻlgan, atrofiga xandaq qazilgan. Oke daryosi maʼbudiga atalgan yirik ibodatxona majmuasi (51x51 m) ochilgan. U 4 ustunli zal (mehmonxona) dan (12x12 m) iborat boʻlib, atrofi 2 qatorli yoʻlak bilan oʻralgan. Ibodatxona devorining qalinligi 3 m, yirik xom gʻishtdan (50^50x14 sm) qurilgan. T. Sdan ellin madaniyatiga mansub koʻplab haykaltaroshlik namunalari, fil suyagidan yasalgan buyumlar, xanjar—akinaklar, qimmatbaho gʻiloflar, yuzlab YunonBaqtriya, Kushon, parfyan va hind tangalari, 3000 ga yaqin temir va 50 jez paykon topilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- archaeological site
- Tarkibiy qismi
- list of World Heritage Sites in Northern and Central Asia
- Meros maqomi
- Tentative World Heritage Site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Taxti Sangin (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)

