Toʻqtagʻul suv ombori

JohnNewton8 · CC BY-SA 4.0

revolution cycle · CC BY 2.0

Arthur Dolchenko · CC BY-SA 4.0

Toʻqtagʻul suv ombori (qirgʻizcha: Токтогул суу сактагычы) - Norin daryosining quyi oqimida, Chatqol va Fargʻona togʻ tizmalari orasidagi darada (Qirgʻiziston Respublikasi) barpo etilgan. 1978-yil ishga tushirilgan, umumiy hajmi 19,5 km³, foydali hajmi 14,0 km1. Suv ombori sugʻoriladigan yerlar koʻlamini 400 ming gektarga koʻpaytirish va 900 ming ga ekinzorning suv taʼminotini yaxshilashga, Norin daryosining koʻp yillik oqimini boshkarish, suv xoʻjaligi va suvenergetika vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Quvvati 1200 MVt boʻlgan Toʻxtagʻul GESning ishlashini taʼminlaydi.

Gidrouzel quyidagi inshootlardan iborat: beton toʻgʻon, GES, zovurlar hamda filtratsiyaga qarshi vositalar, yordamchi inshootlar, toʻgʻonni mustahkamlovchi va boshqa yer osti inshootlari majmuasi. Murakkab topografik, geologik va gidrogeologik sharoitda amalga oshirilgan toʻgʻon qurilishida jahon amaliyotida birinchi marta bir qancha yangi texnologiyalar qoʻllangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
suv ombori
Maydoni
284 km²

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.806400, 72.874200Google Maps'da ochish

Teglar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Toʻqtagʻul suv ombori (uz.wikipedia.org), 14-mart, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.