Turunçlu masjidi

Seksen iki yüz kırk beş · CC BY-SA 4.0

Seksen iki yüz kırk beş · CC BY-SA 4.0

Michal Klajban · CC BY-SA 4.0

Turunçlu masjidi (turkcha: Turunçlu Camii), Turunçlu Fethiye masjidi nomi bilan ham tanilgan, devorlar bilan oʻralgan Nikosiya shahridagi Iplik Bazar–Korkut Effendi mahallasida joylashgan masjid boʻlib, hozirda Shimoliy Nikosiya hududida joylashgan. U Usmonlilar davriga taalluqlidir. Masjid Beliğ posho koʻchasida joylashgan.

Masjid 210 nafar ibodat qiluvchini oʻzida sigʻdira oladi, ichki maydoni 148 m2. 2011-yil holatiga koʻra, uning jamoati 32 kishidan iborat boʻlgan.

Tarixi

XIX asrgacha bu joyda kichik masjid binosi boʻlgan. 1825-yilda Kipr hokimi Seayyid Mehmed Ogʻa ushbu masjid oʻrnida kattaroq masjid qurdirgan. Tarixan masjid Fethiye masjidi nomi bilan tanilgan va Mertek bozori hududida joylashgan. Bu kichik masjidga sıbyan maktabi (tarixiy boshlangʻich maktab) biriktirilgan boʻlib, bu maktabni ham Mehmed Ogʻa buzdirib, oʻrniga „Mekteb-i İrfane“ (Bilim maktabi) deb atalgan yangi maktab qurdirtirgan. 1894-yilga kelib, maktab barcha oʻquvchilarni sigʻdira olmas darajada kichik ekani qayd etilgan. Maktab maʼmuriyatining takroriy iltimoslariga qaramay, maktab taʼmirlanmagan va 1904-yilga kelib, xarob holda qolib ketgan. Natijada, 1900-yillarda maktab binosi buzib tashlanib, oʻrniga yangisi qurilgan.

1972-yilda masjidning tashqi devorlaridan biri qulab tushgan, keyinchalik bu devor qayta tiklangan.

Meʼmorchilik

Masjid shimoli-sharq—janubi-gʻarb yoʻnalishida toʻgʻri toʻrtburchak reja asosida qurilgan. Old tomondagi shimoliy fasad oltita oʻtkir ravoq bilan, gʻarbiy fasad esa toʻrtta ravoq bilan bezaklangan. Mehrob va minbar barokko uslubiga xos belgilarga ega.

Shimoli-sharqiy qismda ayollar boʻlimi vazifasini bajaradigan yogʻoch mezonin mavjud. Bu qismga yogʻoch zinapoya orqali chiqiladi. Silindrsimon minora shimoli-sharqda joylashgan boʻlib, unda bitta bezakli balkon bor. Minoraga masjidning namoz oʻqiladigan qismi orqali chiqiladi.

Kirish qismida 1825-yil sanasi tushirilgan, usmonli turk tilidagi bayt(lar)ni oʻz ichiga olgan yozuv mavjud.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1825-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 35.175917, 33.361028Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Turunçlu masjidi (uz.wikipedia.org), 15-mart, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.