Yashilkoʻl

Ninara from Helsinki, Finland · CC BY 2.0

DaMitti · CC BY-SA 4.0

Earth Science and Remote Sensing Unit, Lyndon B. Johnson Space Center · Public domain

Yashilkoʻl — Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi koʻl. Panj daryosi havzasida, Shim. Alichur va Janubiy Alichur tizmalari orasida. Gʻunt (Alichur) daryosida, 3734 m balandlikda joylashgan. Uzunligi 24,2 km, eng keng joyi 3,7 km, mayd. 35,6 km². Oʻrtacha chuq. 12,5 m, eng chuqur joyi 50,2 m. Koʻlga 7 ta soy quyiladi. Ulardan eng yiriklari: SuuluTagarkati, Katta Bakchigir (jan. sohilida), Katta Marjanoy va Kichik Marjanoy (shim. sohilida). Ya. togʻ qulab tushishi va Panj daryosining oʻng irmogʻi Gʻunt daryosi oʻzanining toʻsilib qolishi natijasida hosil boʻlgan. Asosan, qormuzlik suvlaridan toʻyinadi. Suvi tiniq va chuchuk. Suv sathi aprel—avgust oylarida koʻtariladi. Sentabrdan aprel

gacha bir tekisda pasayadi. Noyabr oxiridan may oxirigacha muzlab yotadi. Koʻl suvi yozda 10—13° gacha isiydi.

Qisqa ma’lumot

Turi
lago
Maydoni
35,6 km²
Dengiz sathidan
3 734 m

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.750000, 72.883333Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yashilkoʻl (uz.wikipedia.org), 17-iyul, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.