Yunusxon maqbarasi

LittleT889 · CC BY 4.0

Yunusxon maqbarasi – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara 1559-yilda bunyod etilgan. Bugungi kunda madrasa „Ichan qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 13-uyda; Ichan qalʼa tarkibida, Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida joylashgan.

Yunusxon maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi.

Tarixi

Xiva shahrida XIV asrning ikkinchi yarmida, 1558—159-yillarda bunyod etilgan Yunusxon maqbarasi 1556—1557-yillarda Xiva xonligini boshqargan hukmdor Yunusxonga atab qurilgan. U Xoʻjash mahram madrasasining janubida va mashhur Pahlavon Mahmud maqbarasining orqa – shimol tomonida joylashgan boʻlib, ushbu majmuaning bir qismi hisoblanadi. Yunusxon bu maqbara xonalaridan biriga dafn etilgan. Biroq, maqbaradagi ikkinchi qabrga kim dafn qilingani maʼlum emas.

Yunusxon maqbarasi „Ichan qalʼa“ kompleksi tarkibiga kiradi.

Qurilish uslubi

Maqbara toʻrtburchak shakldagi tarhli, umumiy maydoni 7x13,5 m ni tashkil etadi. U baland peshtoqli va ikki gumbazli imorat, goʻrxona va ziyoratxona (4,5x4,5 m)dan iborat. Xonalari bir-biridan ravoqlar yordamida ajratilgan. Ichki devorlariga yassi va keng hajmli ravoqlar ishlangan. Ziyoratxona orqali daxmali goʻrxonaga kiriladi. Xonalar charxi gumbazlar bilan yopilgan. Ichki devorlarining gumbaz osti bagʻali, ravoqlarining gʻishtlari mavj usulida terilgan. Maqbara oddiy pishiq gʻishtlardan qurilgan boʻlib, unga hech qanday bezak berilmagan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.377361, 60.359222Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yunusxon maqbarasi (Xiva) (uz.wikipedia.org), 18-noyabr, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.