Zagan posho masjidi

Karakalem · CC BY 4.0

Alperx · Public domain

Osourdounmou · CC BY-SA 4.0

Zagan posho masjidi (turkcha: Zağnospaşa Camii) – Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Baliqesir shahridagi tarixiy masjid. 1923-yilda Mustafa Kemal Atatürkning mashhur „Baliqesir xutba“si oʻqilgan joy sifatida tanilgan.

Masjid 1461-yilda Usmoniylar davlati harbiy qoʻmondoni, asli alban boʻlgan sadri aʼzam Zagan posho tomonidan qurdirilgan. Masjid shahar markazida, Mustafo Faqih mahallasida joylashgan bu maqbara va hammomdan iborat majmuaning bir qismi hisoblanadi. 1897-yilda vayron boʻlgan masjid va qabr 1908-yilda mutasarrif (hokim) Ömer Alibey tomonidan qayta tiklangan.

Bino Baliqesirdagi eng katta masjid hisoblanadi. Kvadrat reja asosidagi ushbu masjid yoʻnilgan toshdan qurilgan. Masjidning bitta asosiy va toʻrtta yon gumbazi mavjud. Masjidga shimol, gʻarb va sharq tomonda joylashgan yogʻoch eshiklar orqali kiriladi. Masjid minorasi binoning shimoli-gʻarbiy burchagida joylashgan. U Balikesirning nufuzli oilalaridan biri boʻlgan Arabachioʻgʻullari sulolasidan Hoji Hofiz Afandi tomonidan hadya qilingan. Hovlida ikkita shodirvon va bitta maqbara mavjud.

1923-yil 7-fevralda Turkiyaning mustaqillik urushi tugaganidan koʻp oʻtmay (1919-yil 19-may – 1922-yil 11-oktabr) Baliqesirga tashrifi chogʻida oʻsha paytda Gʻozi Mustafo Kamol posho nomi bilan mashhur boʻlgan Mustafa Kemal Atatürk masjidda xutba oʻqigan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, kulliya
Qurilgan
1461-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
dimension stone
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Zaganos Mehmed posho

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.648611, 27.879722Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Zagan posho masjidi (uz.wikipedia.org), 17-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.