Zikri koʻli
Zikri koʻli — tabiiy suv rezervuari. Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan koʻl. Qorovulbozor vohasidan yigʻilgan oqova va zovur suvlari, shuningdek Qarshi kollektori suvlari qoʻshilib tabiiy chuqurlikka quyilishi natijasida 1990-yillarda hosil boʻlgan. Suv sigʻimi 0,08 km³. 2004-yilga qadar Zikri koʻli haqidagi maʼlumotlar adabiyotlarda uchramaydi. Koʻlda oq sla (sudak) va ilonbosh kabi yirtqich baliqlar uchraydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentyabrdan „2019—2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 694-son qaroriga muvofiq bir-biriga yaqin joylashgan Zikri, Xadicha va Devxona koʻllari hududida turistlar uchun ovchilik va baliqchilikni tashkil etish maqsadida Zikri koʻlining qirgʻogʻida 10 ta turistga moʻljallangan 2 ta kotej, sayohatchilar uchun magazin, oshxona va hojatxonani 2019—2020-yillarda qurib bitkazish rejalashtirilgan.
2022-yilgi maʼlumotga koʻra Zikri, Xadicha va Devxona koʻllar tizmasidagi 40 ming gektarli maydonda „Buxoroneftqurilish-montaj“ maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ovchilik xoʻjaligi faoliyat yuritib kelyapti.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- lago
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Zikri koʻli (uz.wikipedia.org), 23-iyul, 2024 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
.png%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
%252002.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)