Abdulhamidxon masjidi

Hüseyin Öcal · CC BY 3.0

Hüseyin Öcal · CC BY 3.0

FEDAKAR KURU TEMİZLE… · CC BY 3.0

Abdulhamidxon masjidi (turkcha: Abdülhamid Han Camii) – Usmoniylar imperiyasining 34-sultoni Abdulhamid II sharafiga bunyod etilgan masjid. Har juma kuni bu masjidda uning nomiga xutba oʻqiladi. Bu masjid Turkiyadagi 4-yirik masjid, Qahramonmarʼashdagi eng katta masjid hisoblanadi. Uning sigʻimi 10 000 kishini tashkil etadi. Bino Onikişubat tumani, Abdulhamit Han mahallasi, Mercimek Tepe koʻchasida joylashgan.

Abdulhamidxon masjidi oʻlchami boʻyicha Turkiyada Çamlıca masjidi, Kocatepe masjidi va Sabancı Merkez masjididan keyin 4-oʻrinda turadi. Klassik uslubdagi Usmoniylar meʼmorchiligi taʼsiri sezilgan ushbu masjid shahar manzarasi bilan uygʻunlashgan, inshoot hamma joydan koʻrinib turadi. Shu xususiyati sababli yangi boʻlishiga qaramay tarixiy koʻrinishga ega. Külliye uslubida qurilgan bu masjid shahar uchun ulkan meʼmoriy inshoot hisoblanadi. Uning qurilish rejasi, bezaklari, texnikasi va ishlatilgan materiallari anʼanaviydir.

Ushbu masjid tarkibiy jihatdan Salimiya masjidiga oʻxshash boʻlib, har bir burchagida 3 ta balkonli minoralar mavjud. Kvadrat reja asosida qurilgan masjidning markaziy gumbazi 4 ta yarim gumbazga tayanadi. Shahzoda masjidi va Ahmadiya masjidiga oʻxshash tarzda, gumbaz toʻrtta „fil oyoqchasi“ deb ataladigan gumbaz ogʻirligini koʻtarib turuvchi juda katta, massiv tayanch ustunlar bilan mustahkamlangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.581028, 36.909667Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Abdulhamidxon masjidi (uz.wikipedia.org), 11-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.