Abduqohhor Mahsum jome masjidi

Wikisurgery94 · CC0

Wikisurgery94 · CC0

Wikisurgery94 · CC0

Abduqohhor Mahsum jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati

Abduqohhor Mahsum jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Quyun nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Qora xitoy koʻchasida joylashgan. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Bayotjon domla Ortiqbayev boʻlib, masjidga kelgan mahalliy aholi vakillari, yoʻlovchilar, ziyoratchilar bilan diniy suxbatlashib turadi. Jome masjid 2500 kishidan ziyod boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan boʻlib, xonaqoh, tahoratxona, maʼmuriy xonalar, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Jome masjidga Yuqori quyun koʻchasi, Oʻrta quyun koʻchasi, Pastki quyun koʻchasi, Yuksalish mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi bay mahalla fuqarolar yigʻini, Obiz mahalla fuqarolar yigʻini, Kamar koʻchasi, Qoʻrgʻon-Shamat mahalla fuqarolar yigʻini, Chambil qishlogʻi, Toshqishloq mahallasi, Jaloir mahallasi, Yordam mahallasi, Yangiobod koʻchasi, Sadoqat koʻchasi, Shodiyona koʻchasi, Alpomish koʻchasi, Choʻlqon koʻchasi, Piskent koʻchasi, Zulfiya Qoʻshboy qizi, Buyuk ipak yoʻli mahallasi, Turkiston koʻchasi, Ahmad Yassaviy koʻchasi, Sharof Rashidov shox koʻchasida yashovchi aholi vakillari namoz ibodatini ado qilish maqsadida tashrif buyurishadi.

Tarixi

Abduqohhor Mahsum jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.866722, 69.677750Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Abduqohhor Mahsum jome masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.