Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi

anonymous · Public domain

Bgag · CC0

Jona Lendering · CC0

Afrosiyob qadimiy shahar manzilgohining sharqiy qismida joylashgan Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyi Sharof Rashidov tashabbusi bilan 1970-yil 24-oktabrda ochilgan.

Ekspozitsiya

Muzeyning 1- zalida Afrosiyob vayronalarini arxeologik oʻrganish tarixi boʻyicha XIX-asrning oʻrtalarigacha boʻlgan materiallar, shaharning arxeologik ob’ektlari va maʼmuriy obidalari koʻrsatilgan relefli xarita joylashgan.

Ikkinchi zalda shahar hayotining ilk asrlari tarixi bilan bogʻliq buyumlar: kulolchilik xumdoni oʻchogʻining maketi, mil. avv. VI-IV asrlar sopol idishlari, tosh va metallardan yasalgan buyumlar joylashtirilgan.

Uchinchi zalda, ellinizm davri bilan bogʻliq buyumlar oʻz oʻrnini topgan boʻlib, ular Samarqandning mil. avv. III-II asrlarda qurilgan mudofaa devorlarining maketlari, qurol-yarogʻ, tangalar, sopol idishlari, terrakota, tosh va yogʻoch buyumlari, shuningdek qal’a devoridan olingan yogʻoch sinchkorlik boʻlaklari joylashgan.

Samarqandliklarning milodiy I-IV asrlardagi maʼnaviy hayoti va roʻzgʻorini yorituvchi ashyolar toʻrtinchi zalda oʻz oʻrnini egallagan boʻlib, ulardan milodiy IV asr mehrob-oʻchoq, terrakota haykalchalari, roʻzgʻor buyumlari, suyaklar solingan ostodon namoish etilgan.

Beshinchi zalda, olov va ajdodlar ruhi eʼtiqodi bilan bogʻliq buyumlar: ossuariylar, uyning ibodat qilish qismi, devoriy suratlar, raqqosa shaklidagi yogʻoch haykal-ustunlar, soʻgʻd yozuviga ega boʻlgan buyumlar – teri (konvert), xum, porsang. Shu bilan birga temir, suyak va sopoldan yasalgan roʻzgʻor buyumlar oʻz oʻrnini topganlar.

Muzeyning eng nodir eksponatlari orasida markaziy zaldagi, muzey binosidan bir-necha yuz metr gʻarbda 1965-yilda topilgan VII asrga oid saroy qabulxonasi devorlarini bezab turgan devoriy suratlari alohida oʻrinni egallaydi. U VII asrning uchinchi choragida Samarqandda hukmronlik qilgan Varxuman oilasining qarorgohi boʻlgan. Toʻrt devorda toʻrt kompozitsiya syujetlari – Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilinishi, maqbaraga tantanali safar, ilvirs ovi va boshqalar tasvirlangan.

Muzeyidagi „elchilar zali“ (mil. VII asr oʻrtalari)

Afrosiyob muzeyidagi markaziy zalda taqdim etilgan devoriy tasvirlar oʻz davrining nodir sanʼat asari hisoblanib, mehmon kutish xonalarini bezar edi. Ular tasodifan Toshkent yoʻlini qurish paytida yerga koʻmilib yotgan devorni ochib tashladi, keyinchalik bu devoriy suratlar maxsus usullar bilan muzeyning markaziy xonasiga koʻchirilib, 1985-yildan boshlab koʻrgazmaga qoʻyilgan. Arxeologik qazishma ishlaridan soʻng, ushbu joy yuqori tabaqali kishining mehmonxonasiga tegishliligi aniqlandi. Aniqrogʻi, bu shoh Varxumanning mehmonlar qabul qilish xonasi boʻlib, u VII asrning uchinchi yarmida hukmronlik qilgan.

GʻARBIY DEVOR

Kirishdan roʻparada. Yuqoridan chapda, tasvir saqlanib qolgan joyda, oq kiyim kiygan kishining surati va kiyimining etagida 16 ta sugʻd yozuvi saqlanib qolgan. Bu satrlar unash naslidan boʻlmish shoh Varxumanning elchilarni qabul qilish marosimiga taluqlidir. Xitoy solnomachilari bu nom bilan faqat bitta shoh Varxumanni bilganlar; 655-yilda Tan davlatiga shoh Varxuman elchilarini fuqoralik masalasi boʻyicha yuborgan, bu aftidan Eron bilan boʻlgan urush tugallanganidan soʻng, arablardan kutilgan xavf-xatarga qarshi boʻlgan amal boʻlsa kerak.

Gʻarbiy devorning pastki qismida tasvirlangan sovgʻa olib borayotgan elchilarning tantanali yurish marosimi satrlarda koʻrsatilgan yozuvlarga mos keladi. Bu sahna ochiq joyda tasvirlangan boʻlib, bizning koʻz oʻngimizda qurollar toʻplami, tirgakka oʻrnatilgan nayzalar, oʻng tomonda gʻalati niqoblar bilan bezatilgan qalqonlar uyumi tasvirlangan. Ikkinchi qatordagi tasvirlar esa tomoshabinga orqasi bilan oʻtirgan uzun sochli kishilar boʻlib, ular aftidan hokimiyatning shaxsiy gvardiyasini tashkil etgan turklar boʻlgan. 550-630 yillar oʻrtalarida sugʻd xonliklari Markaziy Osiyoda birinchi yirik davlat „Gʻarbiy turklar“ (gʻarbiy turkiy kogʻonot) imperiyasiga tobe edilar va kogʻonotning yemirilishidan soʻng, oʻzlari koʻpgina harbiy qismlar tuzishdi. Yozuvlar oldida turgan uchta soqolli kishilar qilich va xanjar bilan qurollangan boʻlib, shoyi kiyimlar kiyinishgan, yaktaglari har xil jonivorlar rasmi bilan bezatilgan, ular oʻsha davrdagi sosoniy Eroni va Xitoygacha tarqalgan uslub boʻyicha kiyinishgan. Ularning biri taqinchoq va bezaklar, boshqalari shoyi toʻplami olib ketyaptilar. Oq va qora rangdagi odamlarning navbat bilan kelishi, Sugʻdda ikki xil tusdagi odamlar boʻlganidan darak beradi. Yozuvda koʻrsatilganidek, qoraroq tusdagi markaziy personajni, mansabi boʻyicha, Shosh (Toshkentning eski nomi) hukmdorining devonxona boshligʻiga oʻxshatish mumkin. Oʻngroqda oddiy kiyingan, jismonan mugʻullarga mansub kishilar turibdi. Ulardan biri (shikast yetgan devorning oʻngrogʻida) belida roʻmol osilgan qoʻshnisining ortidan roʻmoliga teginib turibdi (bu rasm boʻlagini fransuz mutaxassisi Aliks Barbe taʼmirlash ishlari vaqtida aniqladi).

Devorning oʻrta qismida bir-biriga simmetrik ikkita guruh marosimga tantanali chiqmoqda. Oʻng tomonda esa qora qalpoqlar kiygan, mevalar va shoyi gazlamalar koʻtargan Xitoy elchilari boryapti. Bu yerda boshqa xitoyliklarning ham qizil hoshiya bilan belgilangan tasviri koʻzga tashlanadi. Izlanishlarga koʻra, rasmlar ustida ishlanayotgan paytda kompozitsiya oʻzgartirilgan. Bu personajlardan oʻng tomonda sochlari uzun turklar boryapti, bu galda ular chet el elchilari sifatida tasvirlangan. Oʻngroqdagi uch kishi tasvirlangan, ular yoqaga biriktirib tikiladigan qaytarma qalpoqsimon ustki kiyimda, oyoqlarida uzun paypoq etiklar kiygan, aftidan bu odamlar togʻli xonliklar elchilari boʻlgan (hozirgi davrda bu tasvirlar arang koʻrinadi). Bularning orqasidan sochlarida parlar bogʻlangan ikki kishi turibdi. Bu bosh kiyimi, 699-yilda Xitoy Tan imperiyasi tarkibiga birlashtirgan Koguryo shohligiga mansub koreyslarga oiddir. Bu tasvirlardan yuqori qismida devor buzilgan boʻlib, hozirgi vaqtda u yerda nima tasvirlangani nomaʼlum.

Qisqa ma’lumot

Turi
muzey
Qurilgan
1970-yil
Ochilgan
1970-yil

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.669344, 66.993353Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Afrosiyob muzeyi (uz.wikipedia.org), 2-iyul, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.