Afyonkarahisar Katta masjidi

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Afyonkarahisar Katta masjidi (turkcha: Afyonkarahisar Ulu Camii) – Turkiyaning Afyonkarahisar viloyati, Afyonkarahisar shahridagi tarixiy masjid.

Masjid

Bino shahardagi koʻplab masjidlar orasida muhim tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Masjid 1272-yilda Hasan Nusratiddin tomonidan bunyod etilgan. Bino meʼmori – Amir Hoji Bey. Masjid Saljuqiylar davriga oid Onadoʻlidagi yogʻoch masjid meʼmorchiligining yirik namunasi hisoblanadi. 1341-yilda masjid ilk marta Muyniddin Amir Abdullohbek tomonidan restavratsiya qilingan boʻlib, bu haqida masjidning sharqiy kirish eshigidagi yozuvda keltirib oʻtilgan. Bino tomi yassi shaklda qurilgan, keyinchalik ham uning tuzilishi saqlanib qolgan, biroq restavratsiya davomida yana bir tom qoʻshib qurilgan. Masjid minorasi gʻishtdan qurilgan boʻlib, romb shaklidagi oynalar bilan bezatilgan, bu esa Saljuqiylar davridan qolgan noyob namunalardan hisoblanadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Tarkibiy qismi
Wooden Hypostyle Mosques of Medieval Anatolia
Joylashgan hudud
Aegean mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.755000, 30.529444Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Afyonkarahisar Katta masjidi (uz.wikipedia.org), 10-oktabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.