Akshehir Katta masjidi

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 4.0

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 4.0

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 4.0

Akshehir Katta masjidi (turkcha: Akşehir Ulucami) – Turkiyaning Akshehir shahridagi tarixiy masjid.

Joylashuvi

Masjid Konya viloyatining Akshehir ilchesi (tuman), Dudukadın koʻchasida joylashgan.

Tarixi

Masjidning aniq qachon qurilgani maʼlum emas, minora poydevoridagi yozuvga koʻra, bino 1213-yil yoki undan oldinroq bunyod etilgan boʻlishi kerak. Masjid minorasi Abu Said Ibrohimning koʻrsatmasiga binoan qurilgan. Uning qurilish sanasi Koʻniya sultoni Kaykovus I ning hukmronlik (h. 1211–1220) davriga toʻgʻri keladi. Saljuqiylar hukmroni Alouddin Qayqubod I (1220–1237) davrida masjid kengaytirilgan. Keramika bilan qoplangan mehrob keyinchalik XV asrda qoʻshilgan boʻlishi mumkin. Bundan tashqari favvora va hovlidagi shodirvon ham XIX asrda Usmoniylar imperiyasi davrida yaratilgan. Favvoradagi yozuvga koʻra, u 1811-yilda chihanbeylilik Yarali Yusuf topshirigʻiga koʻra qurilgan.

Bino

Masjidning toʻrtburchak shaklidagi maydoni hovli va minorani hisobga olmaganda 1,200 m2 (13,000 kv ft)ni tashkil qiladi. Shimoli-sharqiy tarafda joylashgan minoraning umumiy yer maydoni 4.8 m2 (52 kv ft). Masjid qurilishida kesma va moloz toshlardan foydalanilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Joylashgan hudud
Markaziy Anadolu mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.356278, 31.411472Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Akshehir Katta masjidi (uz.wikipedia.org), 17-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.