Niğde Alouddin masjidi

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Baharyakin · CC BY-SA 3.0

Klaus-Peter Simon · CC BY-SA 3.0

Niğde Alouddin masjidi (turkcha: Alâeddin Camii) – Turkiyaning Niğde tumanidagi tarixiy masjid.

Masjid Niğde tarixiy qal’asida joylashgan. 1223-yilda Koʻniya sultonligi (Usmoniylar imperiyasining ajdodi) hukmdori Alouddin Qayqubod (h. 1220–1237) davrida barpo qilingan. Masjid sulton nomidan Niğde viloyatining mahalliy hokimi Ziynettin Beşare tomonidan qurdirilgan. Bino bosh meʼmori Siddiq va uning yordamchisi, ukasi Gʻozi ismli kishi boʻlgan.

Qurilish materiali sifatida kesilgan toshdan foydalanilgan. Masjidning ikkita portali mavjud boʻlib, birinchisi binoning sharqiy tomonida, ikkinchisi shimol tomonda joylashgan. Masjidning janubiy qismida uchta gumbaz bor. Minora kvadrat binoning shimoli-sharqiy burchagida joylashgan.

Mahalliy afsonaga koʻra, muqarnas bilan bezatilgan sharqiy darvozaning shakli quyosh tushganda toj kiygan qizning soyasini hosil qiladi. Bu qiz, goʻyoki, masjidni qurdirgan hokimning qizi boʻlib, uni qurgan tosh oʻymakori qizga oshiq boʻlgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1223-yil
Joylashgan hudud
Markaziy Anadolu mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.966393, 34.678709Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Niğde Alouddin masjidi (uz.wikipedia.org), 21-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.