Alouddin masjidi (Sinop)

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 4.0

Basak · CC BY-SA 4.0

Acar54 · CC BY-SA 4.0

Alouddin masjidi (turkcha: Alâeddin Camii) – Turkiyaning Sinop viloyati, Sinop shahridagi tarixiy masjid.

Joylashuvi

Masjid Sinop viloyatining Sinop shahrida, Pervane madrasasi esa masjidning shimolida joylashgan.

Tarixi

Sinop shahri oʻrta asrlarda Qora dengizdagi muhim port hisoblangan. 1214-yilda hudud saljuqiy Kaykovus I tomonidan bosib olingan. Masjid 1220-yillarda uning ukasi Alouddin Qayqubod buyrugʻiga binoan Artuklu beklaridan biri, davlat toʻntarishidan soʻng oʻz beyligidan qochib, Saljuqiylardan panoh topgan Otabeg Esedüddin Ayas tomonidan qurilgan. Ammo Manuel I Sinopni qoʻlga kiritgach, masjidning katta qismi buzib tashlangan. 1264-yilda hudud turklar nazorati ostiga oʻtgach, saljuqiylar vaziri Pervane 1267-yilda masjidni qayta tiklagan. Keyinchalik shahar Candaroğulları bekligi hukmronligi ostiga oʻtgan va 1340-yillarda candarlik Ibrohim masjid hovlisining shimoli-sharqiy burchagida qabr qurgan. 1385-yilda candarlik Kötürüm Bayezid masjidni kengaytirgan. 1461-yilda Sinop hamda Candarning qolgan hukmronliklari Usmoniylar imperiyasi tarkibiga oʻtgan. Usmoniylar hukmronligi davrida masjid bir necha marta taʼmirlangan. 1850-yillarda Sinop hokimi Tufan posho masjidni qayta tiklagan, chunki zilzila oqibatida masjid gumbaziga zarar yetgan edi. Binoning eng soʻnggi restavratsiya ishlari 2008-yilda amalga oshirilgan.

Bino

Masjidning umumiy maydoni kavdrat shaklda boʻlib, bino 66 x 22 m2 (216 x 72) fut2) oʻchamdagi poydevorga, hovli esa 66 x 44 m2 (216 x 144) ga ega fut2) oʻlchamga ega. Masjid binosi keyinchalik toʻrtburchak shaklda qurilgan qurilgan Usmoniylar masjidlaridan ancha farq qiladi. Hovli 12 metr (39 ft) balandlikdagi devorlar bilan oʻralgan. Binoda uchta darvoza mavjud boʻlib, ular gʻarb, shimol va sharqiy qismda joylashgan. Shodirvon, tahorat olinadigan favvora hovlining markazida qurilgan. Masjidning uchta asosiy va ikkita kichik gumbazi bor. Minorasi bitta. 1860-yillardagi restavratsiya vaqtida masjidning marmardan yasalgan asl minbari Istanbulga yuborilgan. Hozirgi yogʻoch minbar esa keyinchalik yaratilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, türbe
Qurilgan
1267-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Qora dengiz mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 42.026389, 35.148333Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Alouddin masjidi (Sinop) (uz.wikipedia.org), 17-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.