Pervane madrasasi
Pervane madrasasi (turkcha: Pervane Medresesi) — Turkiyaning Sinop shahridagi tarixiy madrasa, islom maktabidir.
Joylashuvi
Madrasa Sinop yarim orolining markazida bunyod etilgan. Yana bir tarixiy bino — Alaaddin masjidi madrasaning janubida, ikkisi orasidagi yoʻlning qarshisida joylashgan.
Tarixi
Muyiddin Sulaymon Parvona, yaʼni Pervâne nomi bilan mashhur boʻlgan. U 13-asrning ikkinchi yarmida Anadolu saljuqiylari parchalanishi davrida vazir etib tayinlangan. 1262-yilda Pervâne Sinopni Trepezund imperiyasidan qaytarib olgan. Sulton Sinopni Pervanega iqto, feod qilib bergan. Pervane saljuqiylarning vassali boʻlsa ham, amalda Sinop hukmdori boʻlgan. U madrasani 1265-yilda qurdirgan. Madrasadan keyingi Candar beyligi va Usmonlilar imperiyasi davrida foydalanilgan. Turkiya Respublikasi eʼlon qilinganidan keyin madrasalar oʻrniga zamonaviy maktablar ochilgan, Pervane madrasasi esa yopilgan. 1932-yildan madrasa binosidan 1921-yildan toʻplangan arxeologik ashyolar va etnografik ashyolar ombori sifatida foydalanilgan. U 1941-yilda muzey sifatida tashkil etilgan boʻlib, 1970-yilda muzey yangi binoga koʻchirilgunga qadar muzay vazifasini bajarib kelgan. 2002-yilda bino Sinop viloyati hokimligiga topshirilgan. Endilikda undan suvenirlar doʻkoni bozori sifatida foydalanilmoqda.
Bino oʻlchamlari 38 m × 28 m (125 ft × 92 ft) boʻlib, shimoldan janubga tomon boʻlgan yoʻnalishda joylashgan. Marmar peshtoq janubdagi asosiy kirish joyidir. Peshtoqning har ikki tomonida ikkita xona mavjud. Binoning har ikki tomonida beshta arka joylashgan. Hovlida favvora bor. Madrasada admiral (Gʻozi Chelebiy) va uning qizining qabri ham mavjud.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Madrasa
- Joylashgan hudud
- Qora dengiz mintaqasi
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Pervane madrasasi (uz.wikipedia.org), 18-aprel, 2024 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


